bo‘lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga – qismlarga (ayrim parchalarga,
abzatslarga, gaplarga) bo‘linadi). Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini
tekst yana ham aniq ko‘rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo‘ladi. 6. Tekst – yirik
nutq parchasi, abzats esa tekstning bo‘lagi. Tekstning hamma ko‘rinishlari
(maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi.
Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik birlik.
3
A.G‘ulomov o‘zbek tili faktlaridan kelib chiqqan va dunyo tilshunosligidagi
turli qarashlarni inobatga olgan holda matnning tabiati va mohiyatini aniq ko‘rsatib
bergan. Mazkur olti bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy
umumiy хususiyatlarini o‘z ichiga olgan.
Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan,
muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni
shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn
birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda,
matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi.
Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi
tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Aksariyat tilshunoslar
gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin frazadan katta
butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham
tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi. Ko‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning
asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning
mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki,
to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga ko‘ra gapning matn
sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib
bo‘lmaydi.
4
O‘zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning
aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan,
jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o‘tiladi.
3
Dostları ilə paylaş: