o„ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks
ettiradi.
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi
Xuroson va Movarounnahrda yanada
mustahkamlandi.
Qoraxoniylar hukmdorlari
amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan
edi.
Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu
sulolaning asosiy hayotiy markazlari
Samarqand, Buxoroning egallanganligi
(garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib
berilgan bo„lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot
etadi. Bu davrda Xorazm
erlari ham amalda
Saljuqiylar ta‟sirida bo„lib, Xorazmshohlar,
masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman
ularga itoat etardilar.
Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar
davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi.
Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan
Qoraxitoylar bir vaqtning o„zida ham
Qoraxoniylarga
va hamda Saljuqiylar
saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va
Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan
qo„shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi
Katvon cho„lida Qoraxitoylar bilan bo„lgan hal
qiluvchi jangda qaqshatqich mag„lubiyatga
uchragach, Movarounnahr erlari Qoraxitoylar
qo„li ostiga o„tadi. Saljuqiylar esa katta
hududlarga egalik
qilish huquqidan mahrum
bo„ladi.
Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg„ol etish
bilan birga, bu erdagi sulolalar hukmronligini
yiqitmay, ularni o„zlariga vassal qilish,
muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan
kifoyalandilar.
Shuning
uchun ham Qoraxoniylar,
Xorazmshohlar va boshqalar
Bolasog„unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori
Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o„lponni
yuborib turishga majbur edilar.
Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham
favqulodda holatda kechdi. U 1153 yilda Balx
viloyatining tog„li hududida ko„chib yuruvchi
g„uz qabilalarining g„alayonlarini bostirish
chog„ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U
uch yil davomida g„uzlar qo„lida asirda bo„ladi.
Bu vaqt ichida g„uzlarning Xuroson va
Movarounnahrning
janubiy-sharqiy erlariga
bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. Faqat
1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan
qutulishga muvaffaq bo„ladi va bir yildan so„ng
vafot etadi. Uning o„limi bilan bir vaqtda o„z
davrida qudratli bo„lgan markazlashgan
Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati
ham so„nadi. Bu davrga kelib Kermon o„z
mustaqilligiga erishadi.
Fors va Ozarbayjon
hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo„ladi.
Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi.
Arab xalifaligi o„zining avvalgi mustaqilligini
tiklaydi. Ayni chog„da Kichik Osiyo hududida
Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi
jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil
davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular
keyinchalik Usmonli
turklar davlatining tarkib
topib, mustahkamlanishida muhim asos bo„lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: