tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga
ega bo„ldi. Anushteginlarning davlat
boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va
devonlar majmuidan iborat bo„lgan. Dargohda
Ulug„ xojib mansabi alohida o„rin tutgan. U
hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim bo„lgan
hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan.
Xojiblar hukmdor
nomidan muhim davlat
ahamiyatiga daxldor masalalarda muzokaralar
olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy
lavozim
Sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina
mablag„larining butun
tasarrufi uning ixtiyorida
bo„lgan. Dargoh hayotiga oid ko„plab muhim
masalalar ustozdor nazarida turgan. Davlatdagi
Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u
sultonning eng sirdosh kishisi hisoblangan.
Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh
bo„lib, doimo u bilan
bahamjihat holda faoliyat
yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri -
Qissador bo„lib, u Sulton nomiga kelgan arz,
shikoyatlarni yig„ib, o„rganib, ularni hukmdor
hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi
xizmat
turlari ichida Chashnigir - sultonga
beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi,
Dostları ilə paylaş: