oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og„ir asoratda
yashash, haddan ziyod soliq-o„lponlar to„lashga
majbur etilgandi. Birgina 844 yilda ulardan
olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil
etgan. Bu o„sha davr sharoiti uchun mislsiz
ko„p edi. Shuning
uchun ham mamlakatning
Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon
g„alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
Xurosonning sharqiy hududlarida yuzaga
kelgan g„oziylar
harakati va dehqonchilik
vohalaridagi g„alayonlar qo„shilib, keng
miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatlarning
etakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari
hunarmand – miskar bo„lgan
aka-uka Yoqub va
Amir ibn Layslar 873 yilda Nishopurni egallab
Tohiriylar sulolasini ag„darib tashlashga
muvaffaq bo„ladilar. Buning natijasida
Yoqub
ibn Lays asos solgan Safforiylar (miskarlar)
sulolasi hokimiyatga keladi. Biroq yangi
hukmdor Yoqub ibn
Lays shaxsiy hayotda
qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib
yashamasin, o„z armiyasining jangovarligini
kuchaytirish, askarlarni maosh bilan
ta‟minlashga urinmasin, mehnatkash
xalqning
og„ir soliqlar to„lashi, boshqa to„lovlar va
majburiyatlarni o„tashi avvalgidek o„zgarmay
qola berdi. Bu hol oxir-oqibatda safforiylar
sulolasi hukmronligining ijtimoiy- iqtisodiy
ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum
etmay qolmadi.
Movarounnahrda Somoniylar davlatining
yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga
to„g„ri keladi. Bunda ham xalifa Ma‟mun o„ziga
sodiq xizmat
qilgan balxlik mahalliy
hukmdorlardan Somonxudot
1
avlodlari (uning
nabiralari)ga Movarounnahr hududlarini
boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi,
Dostları ilə paylaş: