6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja


Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh 
(844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) 
davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi 
xiyla ta‟minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni 
rivojlantirish, qishloq xo„jaligini tartibga 
keltirish, suv resurslaridan foydalanishni 
yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, 
shuningdek, fuqarolardan olinadigan soliqlarni 
mo„‟tadillashtirishga ahamiyat beradilar. 
Poytaxt marvdan Nishopurga ko„chiriladi. 
Jumladan, Abdulloh ibn Tohirning chiqargan 
bir farmonida “dehqonlarni ranjitmaslik”, 
buningsiz xazinaga etarli miqdorda soliq 
tushmasligi alohida uqtirilgandi. Biroq shunga 
qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda 
dehqonlarni emas, balki ko„proq yirik 
mulkdorlar, savdogarlarning manfatlarini 
himoya qilardilar. Shu bois Tohiriylar davrida 


oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og„ir asoratda 
yashash, haddan ziyod soliq-o„lponlar to„lashga 
majbur etilgandi. Birgina 844 yilda ulardan 
olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil 
etgan. Bu o„sha davr sharoiti uchun mislsiz 
ko„p edi. Shuning uchun ham mamlakatning 
Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon 
g„alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
Xurosonning sharqiy hududlarida yuzaga 
kelgan g„oziylar harakati va dehqonchilik 
vohalaridagi g„alayonlar qo„shilib, keng 
miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatlarning 
etakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari 
hunarmand – miskar bo„lgan aka-uka Yoqub va 
Amir ibn Layslar 873 yilda Nishopurni egallab 
Tohiriylar sulolasini ag„darib tashlashga 
muvaffaq bo„ladilar. Buning natijasida Yoqub 
ibn Lays asos solgan Safforiylar (miskarlar) 
sulolasi hokimiyatga keladi. Biroq yangi 
hukmdor Yoqub ibn Lays shaxsiy hayotda 


qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib 
yashamasin, o„z armiyasining jangovarligini 
kuchaytirish, askarlarni maosh bilan 
ta‟minlashga urinmasin, mehnatkash xalqning 
og„ir soliqlar to„lashi, boshqa to„lovlar va 
majburiyatlarni o„tashi avvalgidek o„zgarmay 
qola berdi. Bu hol oxir-oqibatda safforiylar 
sulolasi hukmronligining ijtimoiy- iqtisodiy 
ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum 
etmay qolmadi.
Movarounnahrda Somoniylar davlatining 
yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga 
to„g„ri keladi. Bunda ham xalifa Ma‟mun o„ziga 
sodiq xizmat qilgan balxlik mahalliy
hukmdorlardan Somonxudot
1
avlodlari (uning 
nabiralari)ga Movarounnahr hududlarini 
boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin