Mahmud Qoshg„ariy, Yusuf Xos Hojib va
Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti
bunga yorqin dalil bo„la oladi.
3. G„aznaviylar
961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik
vafotidan so„ng davlatning zaiflashganligidan
foydalanib, G„azna mulkini asli turkiy qavmga
mansub bo„lgan salohiyatli lashkarboshi
Alptegin qo„lga kiritadi va bu hududda yangi
davlatga - G„aznaviylar davlatiga asos soladi.
Biroq G„aznaviylar davlatining yuksak
maqomining qaror topishi va keng e‟tirofi
Sabuktegin nomi bilan bog„liqdir.
Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi
darajasiga erishgan Sabuktegin 977 yilda
Somoniylar davlati ichida davom etayotgan
o„zaro nizolardan foydalanib, Qobul daryosi
havzasiga qarashli erlarni ham G„azna
viloyatiga qo„shib, mustaqil davlat tuzishga
muvaffaq bo„ladi.
U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini
ham qo„lga kiritadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar
Somoniylar hukmronligini qulatib,
Movarounnahrni egallagunlariga qadar
Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning
vafotidan so„ng o„g„li Mahmud davrida
G„aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi
tizimi kuchayadi.
G„aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli
saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud
(998-1030) vaqtiga to„g„ri keladi. Kezi
kelganda Sulton Mahmud katta qo„shin tuzib,
uni o„sha davrning eng zamonaviy qurol-
aslahalari bilan, etarli maosh bilan ta‟minlab,
juda ko„plab bosqinchilik yurishlarini amalga
oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan
belgilangan shimoliy chegaralarni Qoraxoniylar
bilan kelishib olgach, o„zining asosiy e‟tiborini
janubda - Hindistonga, g„arbda - Xuroson va
unga chegaradosh hududlari tomon qaratadi.
Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u erdan
katta miqdordagi o„lja-boyliklar olib keladi.
Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab,
olib kelingan o„lja – katta miqdordagi oltin,
kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari
350 ta fil va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U
1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan
shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi
Chag„aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib
oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud katta
qo„shin bilan jang qilib G„ur viloyatini
egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud
G„aznaviyning nigohi geografik jihatdan
g„oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud -
Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar
saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan
Xorazmshoh Ma‟munning o„limidan
foydalanib, u erga katta qo„shin yuborib,
osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni
paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma‟mun
akademiyasining bir qator atoqli
namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon
Beruniyni G„aznaga oldirib keladi. Uning
so„nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda
Eronning Rey shahrini egallash bo„ladi.
Mahmud G„aznaviyning harbiy yurishlari
oqibatlaridan biri shu bo„ldiki, shimoliy
Hindiston hududining bosib olinishi natijasida
turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib
joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning
keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta‟sir
ko„rsatdi.
Mahmud davrida G„aznaviylar davlati
hududlari benihoya kengayib, mamlakat
shaharlarida, ayniqsa G„aznada katta inshootlar,
salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu
shifoxonalar, ilm maskanlari ko„plab barpo
etilgan bo„lsa-da, biroq ko„pchilik aholining
moddiy – maishiy ahvoli nochor kechgan, turli
xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini
quritgan.
1011 yilda Xuroson o„lkasida boshlangan
ocharchilik minglab odamlarning nobud
bo„lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud
G„aznaviy davlati tashqaridan go„yo qudratli
ko„ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan
emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas.
Zero, uning vafotidan keyin ko„p o„tmay bu
saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham
shundandir. Bu o„rinda shuni aytish kifoyaki,
Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o„z
mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek,
saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini
egallash sari harakatlari kuchayadi. Agar
Mahmud davrida uning roziligi bilan
Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy
qabilalar kelib joylashgan bo„lsa, endilikda ular
butun Xurosonni ishg„ol qilishga kirishadilar.
O„lkaning G„aznaviylar siyosatidan, haddan
ziyod soliq-to„lovlar asoratidan norozi bo„lgan
mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo„llab-
quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o„rtadagi harbiy
to„qnashuvlarning pirovard yakuniga hal
qiluvchi ta‟sir o„tkazadi. G„aznaviylar qo„shini
bilan Saljuqiylar o„rtasidagi birinchi katta urush
1035 yilda Nissa shahri yonida bo„lib o„tdi. U
Saljuqiylar g„alabasi bilan yakunlandi. Ko„p
o„tmay Saljuqiylar o„z g„alabalarini
mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini,
jumladan, Nishopurni qo„lga kiritdilar (1038y).
1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs
bilan Marv oralig„i) bo„lgan so„nggi hal
qiluvchi jangdan so„ng Ma‟sud G„aznaviy
qo„shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun
Xuroson o„lkasidan mahrum bo„ladi. Ko„p
o„tmay Ma‟sud ukasi Muhammad tomonidan
qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida
hokimiyatni egallagan Ma‟sudning o„g„li
Mavdud ham bir necha bor kuch to„plab
saljuqiylar bilan urush olib borgan bo„lsa-da,
ammo o„z qo„shinini mag„lubiyatdan saqlab
qola olmadi. 1059 yilda G„aznaviylarning
muhim tayanchi - Balxning Saljuqiylar qo„liga
o„tishi G„aznaviylarning so„ngi umidini ham
puchga chiqardi. Bu esa pirovardida
G„aznaviylar davlatining puturdan ketkazib,
tarix sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab
bo„ldi.
Dostları ilə paylaş: |