Somoniylar
davrida er
egalari
Mulki sultoniy (davlat
tasarrufidagi erlar)
Mulk erlari (xususiy
erlar)
Mulki xos (oliy
martabali ruxoniylar
va sayyidlar
tasarrufidagi erlar)
vaqf erlari (diniy
muassasalarga
tegishli) jamoa
erlari
Somoniylar davrida davlat boshlig„i o„z
farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar,
lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga
tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in‟om
qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari
iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o„ziga in‟om
etilgan hududlarda yashovchi aholidan
olinadigan soliqlarning bir qismini o„ziga olish
evaziga daromad olgan. Aholi iqtodorga
bug„doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul
shaklida soliq to„lagan. Iqtodan foydalanish
muddati davlat boshlig„iga bog„liq bo„lgan.
Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtodor
bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar
esa iqtodan umrbod foydalanganlar.
Kam erli yoki ersiz aholi katta er egalaridan
erlarni ijaraga olib mehnat qilganlar. Ular
barzikor-qo„shchilar deb atalardi. Barzikor
ijaraga olgan erda o„z urug„i va qo„shi bilan
dehqonchilik qilsa hosilning 1/3 – 1/5 hissasini,
urug„ va qo„sh er egasi hisobidan bo„lsa
hosilning 1/10 – 1/12 hissasiga ega bo„lgan.
Somoniylar davlati muayyan tarixiy
bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy va boshqa
sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o„zgarish
jarayonlarini boshdan kechirmasin, biroq
keyinchalik asta-sekin tushkunlik, parokandalik
sari yuz tutib bordi. X asrning ikkinchi
yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy
hukmdorlar: Abdumalik ibn Nuh (954-961),
Mansur ibn Abdumalik (961-976), Nuh ibn
Mansur (976-997), mansur ibn Nuh (997-999),
Abdumalik ibn Mansur (999-1000) davrida
mamlakatda ham mahalliy feodal beklar,
amaldorlar o„rtasida, ham hukmdor sulola
vakillari o„rtasida o„zaro ichki nizolar,
ziddiyatlar to„xtovsiz kuchayib bordi.
Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk
askarlaridan iborat qo„shin safida ham
birdamlik, hamjihatlik etishmasdi. Bu esa
Somoniylar saltanatini jiddiy tanglikka duchor
etishi tayin edi. Masalan, lashkarboshi Alptegin
Somoniylarni 60 yil himoya qilib kelgan. Uning
itoatida 30 ming otliq qo„shin bo„lib, zarur
bo„lganda 100 ming suvoriyni o„z qo„liga kirita
olardi. Shu boisdan ham Somoniylar bilan
Alptegin o„rtasidagi ixtilof va ishonchsizlik
oxir-oqibatda Somoniylarning puturdan
ketishiga olib keldi. Shuningdek, mahalliy
hukmdorlarning o„zboshimchalik,
boshboshdoqlik xattiharakatlarining avj olishi,
ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning
ojizligi davlatning yanada zaiflashuviga sabab
bo„ldi. Xalq norozilik harakatlari shu qadar
alangalanib bordiki, hatto amir Abdul Malik
vafoti bahonasi bilan 961 yilda Buxoro harbiy
askarlari tomonidan boshlangan g„alayon amir
saroyini talash, uni yakson qilish bilan
tugallandi.
Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar
oqibatda Somoniylar davlati zaiflashib,
inqirozga yuz tutdi.
Dostları ilə paylaş: |