Somoniylarning davlat boshqaruv tizimi
Nuh ibn Nasr (Nasr II) davrida buxoroning
Registon maydonida amir qasri qarshisida saroy
qurilib, barcha devonlar unga joylashtiriladi.
Mahkama xizmatchilari muayyan bilimga ega
bo„lgan, arab va fors tilini puxta bilgan zadogon
va ruhoniylardan tanlangan.
Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma
devonlarning viloyatlarda vakillari bo„lib, ular
ham markaziy devonga, ham viloyat hokimiga
bo„ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig„i –
rais ma‟muriyati mavjud bo„lgan.
Davlatda islom dinining ta‟siri g„oyatda katta
bo„lganligidan, oliy diniy mansab – Shayxul
islomning roli yuqori darajada e‟tirof topgan.
Somoniylar davrida qishloq xo„jaligi, mahalliy
ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq
munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi.
O„lkaning Shosh, Farg„ona va Xorazm
vohalarida turli xil g„alla ekinlari etishtirish,
bog„dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta
etishtirish ancha kengayib bordi. Ko„plab suv
inshootlari barpo etiladi.
Qishloq ahli mavjud xomashyo
mahsulotlaridan turlicha ishlov berish yo„li
bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi.
Jumladan, Zandana qishlog„ida sifatli, tilla rang
«zandanachi» deb nom olgan bo„z to„qish (u
chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi
Vador qishlog„ida sarg„ish tusli chiroyli
yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan
matolar tayyorlash yo„lga qo„yilgan.
Bu erdagi to„qilgan matodan mamlkatning oliy
amaldorlari ham kiyim tiktirishda
foydalanganlar.
Shaharlarda ko„plab hunarmandchilik
korxonalari, o„nlab karvonsaroylar, bozor
rastalari mavjud bo„lib, doimiy ravishda ishlab
turgan. Shahar maqomiga ega bo„lish uchun
mazkur joyda kamida 32 xil hunar-kasb turlari
bo„lishi kerakligi o„sha davr uchun xos bo„lgan.
Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv,
Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg„ona, Xorazm
vohasi shaharlari savdo-sotiq va
hunarmandchilik markazlari sifatida g„oyatda
ravnaq topgan.
Buyuk ipak yo„li bu shaharlarni xalqaro karvon
savdosi bilan tutashtirib, ular etishtirgan barcha
noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga
chiqishini ta‟minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi,
oltin, kumush, mis va boshqa ma‟danlardan
qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar
tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch
joyda (Buxoro, Samarqand, Farg„ona) kumush
pullar zarb etilgan. Shoshda charm
mahsulotlari, Farg„ona va Iloqda qurolyarog„lar
yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek,
Farg„ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand,
Nurota tumanlarining tog„li hududlarida kon-
ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topdi. Ip -
yigirish, to„quvchilik va to„qimachilik
(gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari
rivojlangan bo„lib, bu soha yumushlariga xotin-
qizlar ham jalb qilingan.
Dostları ilə paylaş: |