bosqichlarida
ham Xorazmshohlar sulolasi
nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlar
xonadoni tarixdan ma‟lum. Bular: 305-995
yillarda
afrig„iylar xonadoni, 995-1017
yillarda ma‟muniylar (Ma‟mun I,
Abdulhasan Ali, Ma‟mun II), 1017-1034
yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh,
Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar
unvoni bilan
davlat boshqaruvini amalga
oshirganlar.
Biroq ming taassufki, XI asrning boshlarida
yuz bergan tarixiy jarayonlar
taqozosi bilan
Xorazm davlati tanazzullikka uchrab,
zaiflashib, mintaqaning boshqa sulolalari,
chunonchi, avval boshda G„aznaviylar
hukmronligi (10171044), undan so„ng
Saljuqiylar boshqaruvi ta‟siriga tushib qolgandi.
Shuningdek, XI asrning 40 yillarida sharqdan
bostirib kelgan ko„p sonli
Qoraxitoylar ham
Xorazm erlarini ishg„ol etib, bu hududlardan
belgilangan miqdordagi xiroj to„lovlarini olish
huquqini qo„lga kiritgandilar. Binobarin,
XI asr
ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan
mustaqillikka erishish vazifasi ko„ndalang
bo„lib turardi.
Bunda shuni ta‟kidlash joizki, Xorazmning
qaytadan mustaqillikni qo„lga kiritishi,
hududiy
jihatdan kengayib, butun-butun o„lkalarni o„z
tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga
ko„tarilishi, so„ngra
uning pirovardida inqirozga
yo„liqishi - bu jarayonlar yangi sulola -
Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan
uzviy bog„liqdir.
Dostları ilə paylaş: