Xorazmshohlar (Anushtaginlar) sulolasi
Anushtagin
(1077-1097)
Qutbiddin
Muhammad
(1097-1127)
Jaloliddin Otsiz
(1127-1156)
Alp-Arslon
(1156-1172)
Alouddin Takash
(1172-1200)
Muhammad
Xorazmshoh
(1200-1221)
Jaloliddin
Manguberdi
(1221-1231)
Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro„ - martabaga
erishgan harbiy lashkarboshi Alpteginning Xorazm hukmdori etib tayinlanishi (1077- 1097) hamda ko„p o„tmay uning Xorazmshoh
unvoniga sazovar bo„lishi – bu Xorazmning
mustaqillikka erishishida jiddiy qadam bo„lgan
edi. 1097 yilda uning o„rniga Xorazm taxtiga
o„tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi
Qutbiddin Muhammad o„lka mustaqilligini
ta‟minlashda muhim rol o„ynagan. Qutbiddin
Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan
olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga
qaramay o„lkaning har tomonlama rivojlanishi,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun
ham muhim imkoniyatlar topa bildi.
Xorazm mustaqilligini ta‟minlash, uning
sarhadlarini kengaytirishda Qutbiddin
Muhammadning o„g„li Jaloliddin Otsiz (1127- 1156)ning roli alohidadir. Negaki, u
Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar
zaifligidan foydalanib, o„z davlati qudratini
yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin
tangalar zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham
Xorazm mustaqilligining muhim belgisi
bo„lgan.
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili
30 ming dirxam miqdorda to„lov to„lash sharti
bilan amalda o„z davlatining ichki
mustaqilligini ta‟minlaydi. Xorazmning
mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi,
hududlarining benihoya kengayib borishida