«Xorazmning mashhur kishilari»,
«Hindiston», «Ma‟sud qonuni»,
«Mineralogiya», «Saydona», «Astrologiyaga
kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni
davolovchi quyosh kitobi», «Foydali savollar
va to„g„ri javoblar», «Ibn Sino bilan
yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish
mumkin. Beruniy asarlari ko„p asrlardan buyon
Sharqu G„arbda keng tarqalgan bo„lib, ular
yuksak qadr topgan.
Alloma merosi uning
bugungi mustaqil yurtida, minnatdor avlodlari
nigohida, doimiy e‟tiborida, e‟zozidadir.
Abu Rayhon Beruniyning zamondoshi va
safdoshi
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham o„z
davrining
etuk allomasi, fan fidoyisi sifatida
mashhurdir. Ibn Sino asarlari umumiy sonining
450 dan oshishi ham bunga guvohdir.
Biroq
bulardan 160 ga yaqini bizgacha etib kelgan,
xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan narsa,
bu uning
tibbiyot sohasidagi mislsiz
kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab tilida yaratgan
5 jildli «Al-Qonun» («Tib qonunlari») asari
tibbiyotga oid benazir dasturilamaldir. 5
mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko„zdan
kechirarkanmiz, allomaning yuksak tabiblik
salohiyatiga,
kasalliklarni aniqlash, ularni
davolash borasidagi mahoratiga, bilimdonligiga
tan beramiz. Jumladan, «Qonun»ning
ikkinchi
kitobida 800 ga yaqin dorilarning shifobaxsh
xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni
isbotidir.
Abu Ali ibn Sino ilm-fanning boshqa
sohalarida ham barakali ijod qilgan.
Uning
«Donishnoma», «Insof kitobi», «Najot
kitobi», 10 jildli «Arab tili kitobi» yohud
badiiy ijodga oid «Tayr qissasi», «Salomon
Dostları ilə paylaş: