davrining katta, ko„lamli masalalarini o„rtaga
qo„yib, ularni haqqoniy tarzda yoritib berdi.
Kitobda arablarning O„rta
Osiyoni zabt etib,
kirib kelishi, mashhur Muqanna qo„zg„oloni,
shuningdek Somoniylar davridagi davlat
boshqaruvi tizimi, pul munosabatlari,
soliq
tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayotiga oid ko„plab qiziqarli
ma‟lumotlar aks etgan.
Ko„hna Xorazm farzandi
Mahmud az-
Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan
osmonidagi yorqin yulduzlari safiga kiradi.
Buyuk
mutafakkir arab grammatikasi,
lug„atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi,
jug„rofiya, tafsir,
hadis va fiqh
(qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob
asarlarning muallifidir. Uning
«Al-Mufassal»,
«Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog„a»
(«Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va‟zlar
bayonida oltin shodalar», «Ezgular bahori
va yaxshilar bayoni», «Aruzda o„lchov
(me‟zon)», «Nihoyasiga etgan masalalar»,
«Nozik iboralar», «Qur‟on haqiqatlari va
uni sharhlash orqali so„zlar ko„zlarini
ochish» kabi asarlari
butun Sharq va arab
dunyosida e‟tirof topgan.
Shuningdek,
Ismoil Jurjoniy, Mahmud
Chag„miniy, Burhoniddin alMarg„inoniy
kabi allomalarimiz yaratgan boy ilmiy-
ma‟naviy meros
ham Vatanimiz shuhratini
olamga taratdi.
Shunday qilib, O„rta Osiyo hududida yuz
bergan Uyg„onish davrida ko„plab
favqulodda
iste‟dod sohiblari etishib chiqdiki,
ular jahon
fanining turli yo„nalishlarida betakror
kashfiyotlar, chinakam mo„‟jizalar yaratdilar.
Bu bilan ular
Vatanimiz shonu sharafini
yuksaklarga ko„tardilar hamda kelgusi
minnatdor avlodlar
uchun bitma-tuganmas boy
meros qoldirdilar.