Turkiy (eski o„zbek)
adabiyotining
asoschilaridan sanalgan
Mahmud Qoshg„ariy
(XI asr) ijodi O„rta Osiyo Uyg„onish davri
madaniy taraqqiyotida muhim o„rin egallaydi.
Uning merosi o„sha davr badiiy adabiyoti
rivojida ham, turkiy xalqlarning
etnik tarkibi,
jug„rofiy joylashishi, rango-rang urf-odatlari,
udumlari, o„ziga xos an‟analari va boshqa
ko„plab hayotiy jihatlarini o„rganish,
ilmiy
tadqiq etishda ham birdek ahamiyat kasb etadi.
Allomadan bizga qadar etib kelgan yagona
«Devonu lug„atit turk» («Turk tilining lug„ati»)
asarining boy mazmuni bilan tanishish kishini
yuqoridagi xulosaga olib keladi. Darhaqiqat,
turkiy xalqlar,
elatlar yashaydigan keng
hududlarni kezib, ishonchli manbalar asosida
o„sha xalqlar to„g„risida noyob qomusiy
ma‟lumotlarni o„z asari orqali keyingi
avlodlarga armug„on etgan Mahmud
Qoshg„ariy nomi mangu barhayotdir.
Mahmud Qoshg„ariyga zamondosh
Yusuf xos
Hojib (XI asr) ijodi ham o„ziga xos
badiiy
sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi.
Adib nomini yurtlararo, xalqlararo mashhur
qilgan narsa, bu uning
«Qutadg„u bilig»
Dostları ilə paylaş: