Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning
turli sohalaridan-ilm al-qiroat, ilm
al-bayon,
fikh, tarix va ayniqsa hadis ilmidan o„sha
zamonning yirik ustozi buzruklaridan ta‟lim
oladi. Ayni paytda at-Termiziyning o„zi ham
yuzlab shogirdlarga mehribon ustoz bo„lib,
ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida
shuhrat topishlariga katta homiylik ko„rsatgan.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros
etib kelgan. Uning asosiy asarlari sirasiga
«Al-
Jomi‟» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-hadiys»
(«Hadislardagi og„ishmalar»), «Risola fi-l-
xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va
baxslar haqida risola»), «At-tarix»
(«Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin.
Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir
muhim
jihati shundaki, bunda islom dini va
uning asosiy tamoyillarini har tomonlama
chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o„z
hissasini qo„shgan, tasavvuf va tariqat ilmida
benazir bo„lgan vatandosh allomalarimiz
faoliyatiga ham bir nazar tashlab o„tmog„imiz
joiz bo„ladi. Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni
halollikka,
poklikka undovchi barcha
musulmonlarning o„z halol mehnati bilan kun
ko„rishini, boshqalar kuchidan
foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga
rioya etishni targ„ib etuvchi ta‟limotdir. Ulug„
ajdodlarimiz – Xoja Ahmad Yassaviy,
Abduholiq G„ijdivoniy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin
Naqshband, Xoja Ahror Valiylar
ana shu ruhdagi g„oyalarni ilgari surgan edilar.
Zero, «Yassaviya», «Kubraviya»,
«Naqshbandiya» tariqatlarida insonlar Alloh
yo„lida, haq yo„lida tinimsiz toat-ibodat, tavba-
tazarru qilish barobarida ularning peshona
terisini to„kib,
halolu pok mehnat qilish, doimiy
sa‟y-harakatlarda bo„lishlari kerakligi
urg„ulanadi. Jumladan, «Yassaviya» ta‟limotida
poklik, halollik, to„g„rilik,
mehr-shafqat, o„z
qo„l kuchi, halol mehnati bilan hayot kechirish,
Alloh visoliga etishish yo„lida insonni botinan
va zohiran har tomonlama takomillashtirish
kabi ilg„or umuminsoniy qadriyatlarning
ifodalanganini ko„ramiz.
Bu hol boshqa islomiy
ta‟limotlar uchun ham birdek xosdir.
Dostları ilə paylaş: