ayniqsa falsafa sohasidagi betimsol xizmatlari
bilan u «Al-Muallim as-soniy» - «Ikkinchi
muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq
Arastusi» nomi bilan mashhurdir.
Ilmu urfonga oshuftalik,
insoniyat baxtu saodati
yo„liga o„zni baxshida etishlik Farobiyni o„z
tug„ilgan ona yurti - Forob-O„trorni o„smirlik
chog„idanoq tark etib, o„sha davrning eng
mashhur ilm maskanlari hisoblangan Eron va
Arabiston shaharlariga borib, bir umr ilm-fan
bilan mashg„ul bo„lishga undaydi.
U tabiiy va
ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ziyod asarlar
yaratgan. Ayniqsa falsafa ilmini rivojlantirishga
katta ulush qo„shgan.
Forobiyning Aristotel (Arastu) asarlarini,
xususan uning «Metafizika», «Etika»,
«Ritorika», «Sofistika» singari shoh asarlarini
chuqur ilmiy sharhlash, mazmunmundarijasini
teran yoritib berishdagi xizmatlari benazirdir.
Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va
tasnifi», «Falsafaga izohlar», «Fozil
odamlar
shahri»singari asarlari alloma qiziqish doirasi,
ma‟naviy olamining nechog„lik kengligi,
behududligidan nishona berib turadi.
O„rta asrlar davri sharoitida Vatanimiz
sharafini o„zining
beqiyos dunyoviy asarlarida
ulug„lagan, astronomiya, fizika, matematika,
geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya,
tarix singari fanlar yo„nalishida mislsiz
kashfiyotlar qilgan
qomusiy bilm sohiblaridan
yana biri
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)dir.
Asli Xorazm yurtidan bo„lgan allomaning butun
hayoti to„laligicha ilm-fanga bag„ishlangan.
Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar
ichida bizning davrimizgacha saqlanib, o„z
bebaho ahamiyatini yo„qotmay,
bugungi avlod
kishilari uchun o„rganish manbai bo„lib
kelayotganlari ham talaygina. Bular jumlasiga
Dostları ilə paylaş: