yashagan ulus-elatlar o„rtasida
nisbatan
tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va
hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida
o„lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy
rivojlanish jarayoni ancha
tezlashdi, shaharlar
hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik
o„sdi, aholi farovonligi ko„tarila bordi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy
madaniyat o„ziga xos uslub va shakllarda
to„xtovsiz rivoj topib bordi.
Xalq ichidan
chiqqan mahalliy ustalar, me‟morlar,
naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar
tomonidan yurt dovrug„ini olamga tanitgan
ajoyib me‟morchilik obidalari, san‟at
namunalari bunyod topdi.
Uyg„onish davri
Ismoil
Somoniy
maqbarasi
(Buxoro, X asr)
Registon majmui
me‟morchiligining
noyob obidalari
(Buxoro, X asr)
Arab ota
maqbarasi
(Samarqand
yaqinidagi Tim
qishlog„i, X asr)
Sulton Sanjar
maqbarasi
(Marv, XIIasr)
Qoraxoniylar
maqbarasi
(O„zgan, XI asr)
G„aznaviylarning
yozgi saroyi
majmui (G„azna,
XI asr)
Minorai
Kalon
maqbarasi
(Buxoro, 1127
y.)
Somoniylar, G„aznaviylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar sulolalariga
mansub ma‟rifatparvar
hukmdorlarning ilm-fan va
madaniyatga doimiy rag„bat berishlari orqasida
ko„plab iste‟dod sohiblarining
salohiyati, ijodi
o„sib, yuksalib borgan. O„sha davr hukmdorlari
tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat
ko„rsatgan kutubxonalarda sonsanoqsiz noyob,
qimmatbaho kitoblar, qo„lyozmalar
to„planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari
ham bahramand bo„lmoqdalar. Ibn Sinodek
buyuk zot
ham birinchi bor tanishib
hayratlangan Somoniylar saroyi qoshidagi boy
kutubxona ham mana shunday ilm
maskanlaridan biri bo„lgan.
O„rta Osiyo xalqlari ma‟naviy madaniyatining
o„sishida islom madaniyatining ahamiyati katta
bo„ldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi
ma‟naviy yo„nalish
sifatida ham butun madaniy
jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari
orasida ijtimoiy-madaniy va ma‟rifiy
Dostları ilə paylaş: