belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob
at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr,
Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX
asrlarga oid tarixini to„laqonli
yoritishda muhim
qo„llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy
dunyosining yirik markazi - Bag„doddagi
Ma‟mun akademiyasida ishlagan davrlari uning
iste‟dodining eng barq urgan paytlari bo„ldi. U
shu akademiyaning
rahbari sifatida ilm ahliga
ibrat ko„rsatdi.
O„rta Osiyolik buyuk allomalar orasida
Ahmad al-Farg„oniy (797-865) nomi alohida
ko„zga tashlanib turadi. Olimning to„liq ismi
Abul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir
al-Farg„oniy bo„lib, aslida Farg„onaning Quva
shahrida tavallud topgan. Ilm yo„lida zahmat
chekib ko„p yurtlarni kezgan. Umrining ko„p
qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida
o„tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati
fan yo„liga bag„ishlangan. Ahmad al-Farg„oniy
etuk astronom, matematik va
geograf olim
sifatida shuhrat topgan. Juda ko„plab
fundamental asarlarning muallifi, Bag„doddagi
Dostları ilə paylaş: