6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
JomadorDavatdor (kotib), Sharobdor
Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig„i 
(Maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida 
ko„zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar devonlar 
(vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. 
Ayniqsa bunda Bosh vazir katta mavqega ega 
bo„lib, u faqat hukmdorga bo„ysungan. 
Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, 
maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq 
tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar 
hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida 
bo„lgan
2
.
Devonlar ham o„z vakolatlari doirasida faoliyat 
yuritganlar. Masalan, insho yoki tug„ro devoni 
rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan 
2
Buniyodov Z. Anushtegin Xorazmshohlar davlati. T., «G‟ofur G‟ulom» nashr, 1998, 124-bet.


shug„ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan 
istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan 
ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz 
yoki Jaysh shug„ullangan. Sulton xonodoni 
hayotiga, iqtisodiyotiga tegishli yana bir muhim 
devon mavjud bo„lib, u Devoni xos nomi bilan 
atalgan.
So„nggi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga 
alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz 
minglik qo„shindan tashqari oliy hukmdorning 
maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta 
mavqega ega bo„lgan. Sulton Muhammadning 
shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan 
tashkil topgan. Harbiy qismlarda Harbiy 
nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat 
qo„shini boshlig„i), Amir ul-umaro, Malik (10 
ming qo„shin boshlig„i), Chovush (chopar), 
Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi 
mansablar ham mavjud bo„lgan.


 Takash va Muhammad Xorazmshohlarning 
katta qo„shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni 
bosib olish, ularni o„z tasarruflariga kiritish 
borasida olib borgan ko„p yillik istilochilik 
yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohlar 
saltanati shuhratini oshirib, uning hududlarini 
benihoya kengaytirishga olib kelgan bo„lsa, 
ikkinchi tomondan esa, bu hol pirovard 
oqibatda bu davlatning chuqur ichki 
tushkunlikka, tanazzullikka yo„liqishiga ham 
sabab bo„ldi.
Jumladan, Takash o„zining XII asrning 80-90 
yillardagi istilochilik yurishlari davomida 
Saraxs, Nishopur, Rey, Marv kabi muhim 
shaharlarni ishg„ol etgan.
Takash vafotidan so„ng davlat hukmdori 
bo„lgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh 
davrida ham mamlakat hududlari kengayishda 
davom etadi. Bu vaqtga kelib Xorazmshohlar 
davlati hududlari g„arbiy-janubga qarab 


Xormuz, Fors qo„ltig„i, Iroq erlariga qadar 
yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod 
shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag„dod 
xalifaligini qo„lga kiritish uchun ham intilgan. 
Bu esa butun musulmon olamining unga 
nisbatan qahru-g„azabiga sabab bo„lgan.
Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda 
qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm 
dovrug„ini ko„targanidan so„ng, u o„ziga 
ortiqcha bino qo„yib, o„zini “Iskandari Soniy”

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin