6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Sanjar (1118-1157) bu davlatning ham 
yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan 


o„ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks 
ettiradi.
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi 
Xuroson va Movarounnahrda yanada 
mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari 
amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan 
edi.
Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu 
sulolaning asosiy hayotiy markazlari 
Samarqand, Buxoroning egallanganligi 
(garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib 
berilgan bo„lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot 
etadi. Bu davrda Xorazm erlari ham amalda 
Saljuqiylar ta‟sirida bo„lib, Xorazmshohlar, 
masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman 
ularga itoat etardilar.
Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar 
davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi. 
Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan 


Qoraxitoylar bir vaqtning o„zida ham 
Qoraxoniylarga va hamda Saljuqiylar 
saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va 
Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan 
qo„shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi 
Katvon cho„lida Qoraxitoylar bilan bo„lgan hal 
qiluvchi jangda qaqshatqich mag„lubiyatga 
uchragach, Movarounnahr erlari Qoraxitoylar 
qo„li ostiga o„tadi. Saljuqiylar esa katta 
hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum 
bo„ladi.
Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg„ol etish 
bilan birga, bu erdagi sulolalar hukmronligini 
yiqitmay, ularni o„zlariga vassal qilish, 
muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan 
kifoyalandilar.
Shuning uchun ham Qoraxoniylar
Xorazmshohlar va boshqalar


Bolasog„unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori 
Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o„lponni 
yuborib turishga majbur edilar.
Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham 
favqulodda holatda kechdi. U 1153 yilda Balx 
viloyatining tog„li hududida ko„chib yuruvchi 
g„uz qabilalarining g„alayonlarini bostirish 
chog„ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U 
uch yil davomida g„uzlar qo„lida asirda bo„ladi. 
Bu vaqt ichida g„uzlarning Xuroson va 
Movarounnahrning janubiy-sharqiy erlariga 
bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. Faqat 
1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan 
qutulishga muvaffaq bo„ladi va bir yildan so„ng 
vafot etadi. Uning o„limi bilan bir vaqtda o„z 
davrida qudratli bo„lgan markazlashgan 
Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati 
ham so„nadi. Bu davrga kelib Kermon o„z 
mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon 
hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo„ladi. 


Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. 
Arab xalifaligi o„zining avvalgi mustaqilligini 
tiklaydi. Ayni chog„da Kichik Osiyo hududida 
Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi 
jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil 
davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular 
keyinchalik Usmonli turklar davlatining tarkib 
topib, mustahkamlanishida muhim asos bo„lib 
xizmat qiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin