6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Malikshoh (1072-1092) davriga to„g„ri keladi. 
Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va 
uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk
tomonidan mamlakat hayotining ko„plab 
sohalarida juda muhim ijobiy o„zgarishlar 
amalga oshiriladi. Avvalo, Saljuqiylar 
davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada 
mustahkamlanadi. Malikshoh muhim strategik 
ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini 
Qoraxoniylardan qaytarib oladi. Shuningdek 
Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk 
vafotidan so„ng vujudga kelgan qulay 
vaziyatdan foydalanib, 1089 yilda katta qo„shin 
tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va 


yangi xon Ahmadni asir qiladi. Garchand tez 
orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga 
qaytarilgan bo„lsa-da, biroq amalda 
Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo„lib qoladi.
Malikshoh davrida davlat xokimiyatining 
kuchayishida dono vazir Nizomulmulk (1017-
1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng 
vakolatlarga ega bo„lgan birinchi vazir 
markaziy hokimiyatni kuchaytirishga, davlat 
amaldorlarining mas‟uliyati, javobgarligini 
oshirishga, davlatning moliya, soliq va boshqa 
boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga 
alohida ahamiyat beradi. U o„zining bu 
boradagi yuksak salohiyati va tajribasini 
umumlashtirib, mashhur «Siyosatnoma» asarini 
yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e‟tirof 
qozonib, mana, necha asrlardirki, Sharq va 
G„arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru 
vuzarolari uchun siyosat bobida muhim 


dasturulamal qo„llanma vazifasini bajarib 
kelmoqda.
Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi 
bilan Bag„dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv 
kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda 
juda ko„plab o„qimishli yoshlarning ta‟lim-
tarbiya olishi yaxshi yo„lga qo„yildi. Mamlakat 
shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, 
karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei 
kuchayib, xalqaro Ipak yo„lining roli ortib 
bordi.
Bu davrda «iqto„» tizimi kuchli rivojlangan 
bo„lib, uning bilan bog„liq mulkiy munosabatlar 
qishloq xo„jaligi sohasida etakchi mavqe 
egallagan.
Saljuqiylarning eng so„nggi hukmdori Sulton 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin