Faqat 1211 yilga kelib, ya‟ni so„nggi
Horazmshoh Alouddin Muhammad (1200-
1220) davrida Qoraxoniylarning
Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay
barham topadi.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida bir qator muhim
o„zgarishlar yuz beradi. Birinchidan,
Qoraxoniylar o„lkani zabt etgach, bu erda ko„p
asrlardan buyon hukm surib kelgan erga egalik
qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini
tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar.
Bu mulklar o„z navbatida qoraxoniylarga tobe
bo„lgan sodiq amaldorlar,
harbiy
lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki
ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din
peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon”
tushunchasi shundan boshlab amalda erni
ishlovchi, unda mehnat
qilib kun kechiruvchi
ijtimoiy toifa maqomiga ko„chdi.
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib er-
mulkka egalik qilishning “iqto„” va iqtodorlik
munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi.
Iqtodorlar o„z tasarrufidagi hududlarda
yashovchi aholidan
olinadigan soliqlar evaziga
katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O„rta
Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati
tarkibiga o„tishi erli aholi etnik tarkibida ham
muhim o„zgarishlarni vujudga keltiradi.
Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga
yoyilishi ayni
zamonda sharqiy hududlardan
turkiy qavmlar, elatlarning bu erlarga kelib,
o„rnashib, o„troqlashuviga sezilarli ta‟sir
ko„rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o„zbek xalqining
etnik shakllanish jarayoniga ta‟sir etadi. Ayni
chog„da turkiy tilning iste‟mol doirasi
to„xtovsiz kengayib bordi.
Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq,
elatlarning adabiy tili
sifatidagi mavqei va
maqomi ham tarkib topib bordi. Go„zal va nafis
qadimgi turkiy, ya‟ni eski o„zbek adabiyotining
yuksak badiiy namunalari hisoblangan
Dostları ilə paylaş: