davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki
«qoraxon» unvonlari Qoraxon so„zining
lug„aviy ma‟nosi esa turkiy qabilalarda «ulug„»,
«buyuk» degan tushunchalarni anglatgan.
Qoraxon «Tamg„achxon» ham deb yuritilgan.
Bu davlatning qudrati yuksalib,
u tez orada
katta hududlarni o„z qo„l ostiga kirita boradi.
Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning
Bolasog„un shahri bo„lgan.
Abdulkarim
Bug„roxon vafotidan keyin (955y) uning
vorislari davrida Markaziy
Tyan-Shan va
Ettisuv o„lkalari egallanadi. Endilikda
Qoraxoniylar
Somoniylar hukmronlik
qilayotgan Movarounnahr erlarini ham butunlay
egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar
davlati
chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar
orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi.
Bundan foydalangan
Qoraxoniylar hukmdorlari
-
Hasan va
Nasr Bug„roxonlar etakchiligidagi
qo„shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz
engib, ikki bor (992 va 999 yillarda)
Buxoroni
egallaydi, somoniylar sulolasining so„nggi
vakili Ismoil alMuntasir (1000-1005)
hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun
Movarounnahr
hududlari Qoraxoniylar
tasarrufiga o„tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar
hukmronligi katta hududlarga yoyiladi.
XI asr
o„rtalariga
kelib
Qoraxoniylar
Dostları ilə paylaş: