Ustrushonaga, hokimlik qiladilar.
IX asr o„rtalariga kelib
Ahmad va
uning katta
o„g„li
Nasr Somoniylar Movarounnahrning
ko„pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq
bo„ldilar.
Nasr Somoniy (856-888) davrida
Movarounnahr mavqei yanada kuchayib bordi.
Camarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda
Tohiriylar sulolasi ag„darilgach (873y),
uning
tarkibiga kirgan Buxoro erlari ham Somoniylar
tasarrufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni
Buxoroga noib etib tayinlaydi (874y) va
Somoniylar hukmronligi endilikda deyarli
Movarounnahrning
barcha hududlariga
yoyiladi. Ammo ko„p o„tmay Ismoil o„z
hokimiyatini kuchaytira borgach, o„zining
vassallik mavqeini tan olmay, Nasr hokimiyati
xazinasiga to„laydigan yillik daromad miqdorini
keskin kamaytiradi.
Buning natijasida aka-ukalar o„rtasida uzoq
muddatli o„zaro kurash boshlanadi.
Oqibatda
888 yilda ular o„rtasida katta urush kelib chiqib,
unda Ismoil g„olib bo„ladi va hokimiyatni o„z
qo„liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so„ng
(892y)
Ismoil Somoniy Movarounnahrning
yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa,
Vatanimizda davlat mustaqilligi
qayta tiklanadi
va yuksalib boradi. Buxoro - davlat poytaxti
bo„lib qoladi.
Ismoilning 893 yilda sharqdagi dashtlik
qabilalarga qarshi qilgan muvaffaqiyatli
yurishi,
Tarozni egallab, katta o„lja va asirlar
bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati
yuksakligidan yaqqol dalolat beradi. Ismoil
Somoniy davlati qudratining o„sib borishidan
cho„chigan, uni zaiflashtirishni va o„z ta‟sirini
qayta tiklashni ko„zlagan Bag„dod
xalifasi
Mu‟tazid (892-902) Xurosondagi Safforiylar
hukmdori Amr ibn Laysga (879-900) Xuroson
bilan birga Movarounnahar ustidan hukm
yuritish huquqi berilgani
haqida farmon
chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu
esa 900 yilda ikkala davlat o„rtasida katta
urushga sabab bo„ladi. Urush natijasi esa
Somoniylar foydasiga hal bo„lib, buning
oqibatida Xuroson erlari Somoniylar qo„l ostiga
o„tadi. Shu tariqa xalq xalifalik istebdodidan
xalos bo„ldi.
Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq
yillik milliy davlatchilik
tajribasiga tayanib,
markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga
muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini
vujudga keltiradi. Bu tizim Ahmad ibn ismoil
(907-914), Nasr ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn
Nasr (943-954) davrida
ham takomillashib
boradi.
Dostları ilə paylaş: