bilan qo„shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib
ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek,
Mahmud Qoshg„ariy, Abul G„oziylarning
ma‟lumotlariga qaraganda, o„g„izlar 22 yoki 24
qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir,
yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va
boshqalardan tashkil topgan.
Sirdaryo quyi oqimida paydo bo„lgan o„g„iz
davlatining dastlabki yobg„usi (podshosi)
Saljuqbek bo„lgan. Uning avlodlari
Tug„rulbek, Dovudbek, Chag„ribek va
Shakarbeklar o„z davrlarida saljuqiylar
shuhratini yuksakka ko„tardilar.
Dostları ilə paylaş: