6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja


(«Baxt va saodat eltuvchi bilim»)



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
(«Baxt va saodat eltuvchi bilim») asaridir. 
Ushbu kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida 
yozilgan asar bo„lib, unda davrning juda ko„p 
o„ta muhim muammolari, axloq, odob va 
ma‟rifat masalalari katta mahorat bilan 
yoritilgan.
Bu kitobni chinlilar «Adabul muluk», 
mochinlar - «Oyinul mamlakat», Sharq eli 
ulug„lari «Ziynatul umaro», eronliklar 
«Shohnomai turkiy», turonlilar - «Qutadg„u 
bilig», boshqalar «Pandnomai muluk» deb 
ataganlar.
Turkiy (eski o„zbek) adabiyoti rivojining ilk 
sarchashmalarida turgan o„tmishdosh 


adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri 
Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar)dir.
Adib Ahmadning «Hibatul haqoyiq» 
(«Haqiqatlar tuhfasi») asari (484 misradan 
iborat)ni ko„zdan kechirarkanmiz, unda inson 
shaxsiyati, uning ta‟limi, tarbiyasi bilan bog„liq 
juda ko„plab o„tkir, dolzarb masalalarning o„rin 
olganligini, ularni to„g„ri, xolis va ehtiros bilan 
yoritilganligini ko„ramiz. Adib Ahmad 
bilimning inson hayotidagi beqiyos o„rnini 
ulug„lash barobarida odamlarni bilimli
ma‟rifatli bo„lishga da‟vat etadi.
O„rta Osiyo xalqlari Uyg„onish davri 
adabiyotini ayni chog„da forsiyzabon ijodkorlar 
ijodi bilangina qo„shib tasavvur etish 
mumkindir. Bu o„rinda Somoniylar davrining 
tengi yo„q zukko shoiri Abu Abdulloh 
Rudakiy (860-941) ijodi alohida ko„zga 
tashlanib turadi. Negaki, juda ko„p nufuzli 
manbalarda aytilishicha, fors-tojik tilida ijod 


qilgan shoirlarning birortasi ham unga teng 
keladigan darajada asarlar bitmaganlar. Ba‟zi 
olimlarning fikricha, Rudakiy bir million uch 
yuz ming misragacha she‟r yozgan. Biroq 
afsuski, shoirning boy adabiy merosidan 
bizgacha attigi ming bayt she‟riy asarlar etib 
kelgan, xolos.
Rudakiy asarlari, ayniqsa uning ruboiylari shu 
qadar ta‟sirchan, ohangdorki, ular kishilar 
qalbini o„ziga beixtiyor mahliyo etadi. Shoir 
tabiat go„zalliklarini jozibali tarannum etish 
barbarida odamlarni yurt, Vatanni sevishga
unga farzandlik burchi bilan astoydil xizmat 
qilishga da‟vat etadi. Uning ruboyilarida 
ifodalangan teran falsafiy fikrlar, hayotiy 
lavhalar bugungi avlod kishilari uchun ham 
ibrat bo„la oladi.
Bu davr adabiyotining daho san‟atkorlaridan 
yana biri Abulqosim Firdavsiy (940/941-
1030)dir. Uni olamga mashhur, nomini tillarda 


doston qilgan, abadiylikka muhrlagan narsa-bu 
allomaning - betakror «Shohnoma» asaridir. 
Negaki, bu shoh asarda Eron va Turon 
xalqlarining ming yilliklar qa‟riga borib 
taqaladigan uzun ko„hna tarixi, tutash taqdir - 
qismatlari, jangu jadallari, mislsiz jasoratu 
qahramonliklari katta mahorat bilan 
ifodalangan. 60000 baytdan iborat bunday yirik 
epik asarning dunyoga kelishi Firdavsiyning 
badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. Shoir 
Movarounnahr, Xuroson va Eronning katta 
o„tmishiy tarixiga murojaat qilib, uning qat-
qatiga yashiringan noyob injularni shodaga 
chizib, xalq og„zaki ijodi durdonalarini chuqur 
o„rganib, ularni o„z zamonasining etilgan 
dolzarb masalalari, vazifalari bilan 
uyg„unlashtirib, shunday buyuk asar yaratdiki, 
mana necha asrlardirki, u bashariyat ahlining 
doimiy nazarida va nigohida bo„lib kelmoqda.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin