6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
va Ibsol», «Xayy ibn Yaqzon» asarlari 
buning yorqin ifodasidir.
Tarix ilmida benazir bo„lgan Muhammad 
Narshahiy (899-959) o„zining «Buxoro tarixi» 
(«Tarixi Narshahiy») asari orqali o„z 


davrining katta, ko„lamli masalalarini o„rtaga 
qo„yib, ularni haqqoniy tarzda yoritib berdi. 
Kitobda arablarning O„rta Osiyoni zabt etib
kirib kelishi, mashhur Muqanna qo„zg„oloni, 
shuningdek Somoniylar davridagi davlat 
boshqaruvi tizimi, pul munosabatlari, soliq 
tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy hayotiga oid ko„plab qiziqarli 
ma‟lumotlar aks etgan.
Ko„hna Xorazm farzandi Mahmud az-
Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan 
osmonidagi yorqin yulduzlari safiga kiradi. 
Buyuk mutafakkir arab grammatikasi
lug„atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, 
jug„rofiya, tafsir, hadis va fiqh 
(qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob 
asarlarning muallifidir. Uning «Al-Mufassal», 
«Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog„a» 
(«Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va‟zlar 
bayonida oltin shodalar», «Ezgular bahori 
va yaxshilar bayoni», «Aruzda o„lchov 
(me‟zon)», «Nihoyasiga etgan masalalar», 


«Nozik iboralar», «Qur‟on haqiqatlari va 
uni sharhlash orqali so„zlar ko„zlarini 
ochish» kabi asarlari butun Sharq va arab 
dunyosida e‟tirof topgan.
Shuningdek, Ismoil Jurjoniy, Mahmud 
Chag„miniy, Burhoniddin alMarg„inoniy 
kabi allomalarimiz yaratgan boy ilmiy-
ma‟naviy meros ham Vatanimiz shuhratini 
olamga taratdi.
Shunday qilib, O„rta Osiyo hududida yuz 
bergan Uyg„onish davrida ko„plab favqulodda 
iste‟dod sohiblari etishib chiqdiki, ular jahon 
fanining turli yo„nalishlarida betakror 
kashfiyotlar, chinakam mo„‟jizalar yaratdilar. 
Bu bilan ular Vatanimiz shonu sharafini 
yuksaklarga ko„tardilar hamda kelgusi 
minnatdor avlodlar uchun bitma-tuganmas boy 
meros qoldirdilar.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin