adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri
Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar)dir.
Adib Ahmadning
«Hibatul haqoyiq»
(«Haqiqatlar tuhfasi») asari (484 misradan
iborat)ni ko„zdan kechirarkanmiz, unda inson
shaxsiyati, uning ta‟limi, tarbiyasi bilan bog„liq
juda ko„plab o„tkir, dolzarb masalalarning o„rin
olganligini, ularni to„g„ri, xolis va ehtiros bilan
yoritilganligini ko„ramiz. Adib Ahmad
bilimning inson hayotidagi beqiyos o„rnini
ulug„lash
barobarida odamlarni bilimli,
ma‟rifatli bo„lishga da‟vat etadi.
O„rta Osiyo xalqlari Uyg„onish davri
adabiyotini ayni chog„da forsiyzabon ijodkorlar
ijodi bilangina qo„shib tasavvur etish
mumkindir. Bu o„rinda Somoniylar davrining
tengi yo„q zukko shoiri
Abu Abdulloh
Rudakiy (860-941) ijodi alohida ko„zga
tashlanib turadi. Negaki, juda ko„p nufuzli
manbalarda aytilishicha,
fors-tojik tilida ijod
qilgan shoirlarning birortasi ham unga teng
keladigan darajada asarlar bitmaganlar. Ba‟zi
olimlarning fikricha, Rudakiy bir million uch
yuz ming misragacha she‟r yozgan. Biroq
afsuski, shoirning boy adabiy merosidan
bizgacha attigi ming bayt she‟riy asarlar etib
kelgan, xolos.
Rudakiy asarlari, ayniqsa uning
ruboiylari shu
qadar ta‟sirchan, ohangdorki, ular kishilar
qalbini o„ziga beixtiyor mahliyo etadi. Shoir
tabiat go„zalliklarini jozibali tarannum etish
barbarida odamlarni yurt,
Vatanni sevishga,
unga farzandlik burchi bilan astoydil xizmat
qilishga da‟vat etadi. Uning ruboyilarida
ifodalangan teran falsafiy fikrlar, hayotiy
lavhalar bugungi avlod kishilari uchun ham
ibrat bo„la oladi.
Bu davr adabiyotining daho san‟atkorlaridan
yana biri
Abulqosim Firdavsiy (940/941-
1030)dir. Uni
olamga mashhur, nomini tillarda
doston qilgan, abadiylikka muhrlagan narsa-bu
allomaning - betakror
«Shohnoma» asaridir.
Negaki, bu shoh asarda Eron va Turon
xalqlarining ming yilliklar qa‟riga borib
taqaladigan uzun ko„hna tarixi, tutash taqdir -
qismatlari, jangu jadallari, mislsiz jasoratu
qahramonliklari katta mahorat bilan
ifodalangan. 60000 baytdan iborat bunday yirik
epik asarning dunyoga kelishi Firdavsiyning
badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. Shoir
Movarounnahr, Xuroson va Eronning katta
o„tmishiy tarixiga murojaat qilib, uning qat-
qatiga yashiringan noyob injularni shodaga
chizib, xalq og„zaki ijodi durdonalarini
chuqur
o„rganib, ularni o„z zamonasining etilgan
dolzarb masalalari, vazifalari bilan
uyg„unlashtirib, shunday buyuk asar yaratdiki,
mana necha asrlardirki, u bashariyat ahlining
doimiy nazarida va nigohida bo„lib kelmoqda.