6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Badiiy adabiyot O„rta Osiyo Uyg„onish davri 
madaniyati xususida gap borar ekan, bunda 
uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi 
mahsuli bo„lgan badiiy adabiyot va uning 
ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi 
to„g„risida to„xtalib o„tmasdan bo„lmaydi.
IX-XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga 
jiddiy hissa qo„shgan, badiiy so„z qadrini 
yuksakka ko„targan daho adiblar to„g„risida 
so„z yuritganda Ahmad Yugnakiy, Mahmud 
Qoshg„ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad 
Yassaviy, Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim 
Firdavsiy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar 
nomlari ko„z o„ngimizda namoyon bo„ladi. 
Ularning har birining mangulikka muhrlangan 
hayotbaxsh ijodi necha asrlar osha hamon 
kishilar shuuri, qalbiga estetik huzur, quvonch 
bag„ishlab, ularni yuksak orzu, maqsadlar sari 
ilhomlantirib keladi.


Turkiy (eski o„zbek) adabiyotining 
asoschilaridan sanalgan Mahmud Qoshg„ariy 
(XI asr) ijodi O„rta Osiyo Uyg„onish davri 
madaniy taraqqiyotida muhim o„rin egallaydi. 
Uning merosi o„sha davr badiiy adabiyoti 
rivojida ham, turkiy xalqlarning etnik tarkibi
jug„rofiy joylashishi, rango-rang urf-odatlari, 
udumlari, o„ziga xos an‟analari va boshqa 
ko„plab hayotiy jihatlarini o„rganish, ilmiy 
tadqiq etishda ham birdek ahamiyat kasb etadi. 
Allomadan bizga qadar etib kelgan yagona 
«Devonu lug„atit turk» («Turk tilining lug„ati») 
asarining boy mazmuni bilan tanishish kishini 
yuqoridagi xulosaga olib keladi. Darhaqiqat, 
turkiy xalqlar, elatlar yashaydigan keng 
hududlarni kezib, ishonchli manbalar asosida 
o„sha xalqlar to„g„risida noyob qomusiy 
ma‟lumotlarni o„z asari orqali keyingi 
avlodlarga armug„on etgan Mahmud 
Qoshg„ariy nomi mangu barhayotdir.


Mahmud Qoshg„ariyga zamondosh Yusuf xos 
Hojib (XI asr) ijodi ham o„ziga xos badiiy 
sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. 
Adib nomini yurtlararo, xalqlararo mashhur 
qilgan narsa, bu uning «Qutadg„u bilig» 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin