Imom Buxoriy o„z safarlari davomida turli
shaharlardagi 90 ga yaqin ustozlardan ta‟lim
olgan. Ayni chog„da uning o„zi ham san-
sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. Imom
Buxoriy shogirdlari orasida Ishoq ibn
Muhammad ar-Ramodiy,
Muhammad
alMasnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-
Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvoziy,
Imom Ahmad ibn Hanbal singari zukko olimlar
nomi alohida ajralib turadi.
Imom Buxoriy go„zal
insoniylik sifatlariga ega
bo„lishi bilan birga uning quvvai xofizasi,
xotirasi ham nihoyatda o„tkir bo„lgan.
Manbalarda uning 600 mingga yaqin hadisni
yod bilganligi qayd etilgan.
Al-Buxoriy keyingi nasllar uchun o„zidan katta,
boy ilmiy meros qoldirgan. Uning qalamiga
mansub noyob asarlar ro„yxati 20 dan oshadi.
Bu asarlar orasida «Al-jome‟ assahih» asari (U
«Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi)
o„zining
mukammalligi, ahamiyatining
benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn
Salohning ta‟kidlashicha, alBuxoriyning bu
asariga kiritilgan
ishonchli hadislarning soni
takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta,
takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan
iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni
birinchi bo„lib al-Buxoriy boshlab bergan
bo„lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga
ergashib, hadislar to„plamini yaratganlar.
Allomaning «Al-jome‟ as-sahih»
asari asrlar
davomida butun musulmon dunyosida yuksak
qadrlanib, necha bor nashr etilib, er yuzi
musulmonlari uchun dasturilamal qo„llanma
bo„lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko„chirilgan
8 jilddan iborat
mukammal nusxasi hozirda
Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning
asarlarida ifodalangan mehr-muhabbat,
sahiylik, ochiq ko„ngillik, kattalarga hurmat,
etim-esirlarga muruvvat, beva-bechoralarga
himmat, vatanga muhabbat, halollik,
pokizalikka da‟vat
etuvchi yuksak insoniy
fazilatlar, olijanob tuyg„ular hamisha insonlarga
ma‟naviy oziqa bag„ishlab kelgan.
Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi,
o„z davrining mashhur allomasi -
Abu Iso
Dostları ilə paylaş: