6- mavzu: IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/30
tarix27.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135423
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Muhammad at-Termiziy (824-892) ham 
hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga 
ko„targan yorqin siymolardandir. O„rta asrlar 
davrining yirik madaniy markazlaridan 
sanalgan Termiz shahri atrofida (Bug„ qishlog„i 
- hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan 
bo„lg„usi alloma o„z ona yurtida dastlabki 
ma‟lumot olganidan so„ng O„rta Osiyoning 
Urganch, Buxoro, Samarqand kabi yirik 
shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan 
ham etarli qanoat hosil qilmagan, hamisha 
ilmga chanqoq atTermiziy Sharq 
mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa
u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka, 


Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning 
turli sohalaridan-ilm al-qiroat, ilm al-bayon
fikh, tarix va ayniqsa hadis ilmidan o„sha 
zamonning yirik ustozi buzruklaridan ta‟lim 
oladi. Ayni paytda at-Termiziyning o„zi ham 
yuzlab shogirdlarga mehribon ustoz bo„lib, 
ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida 
shuhrat topishlariga katta homiylik ko„rsatgan.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros 
etib kelgan. Uning asosiy asarlari sirasiga «Al-
Jomi‟» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-hadiys» 
(«Hadislardagi og„ishmalar»), «Risola fi-l-
xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va 
baxslar haqida risola»), «At-tarix» 
(«Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin.
Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir 
muhim jihati shundaki, bunda islom dini va 
uning asosiy tamoyillarini har tomonlama 
chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o„z 
hissasini qo„shgan, tasavvuf va tariqat ilmida 
benazir bo„lgan vatandosh allomalarimiz 


faoliyatiga ham bir nazar tashlab o„tmog„imiz 
joiz bo„ladi. Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni 
halollikka, poklikka undovchi barcha 
musulmonlarning o„z halol mehnati bilan kun 
ko„rishini, boshqalar kuchidan 
foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga 
rioya etishni targ„ib etuvchi ta‟limotdir. Ulug„ 
ajdodlarimiz – Xoja Ahmad Yassaviy, 
Abduholiq G„ijdivoniy, Najmiddin Kubro, 
Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiylar 
ana shu ruhdagi g„oyalarni ilgari surgan edilar. 
Zero, «Yassaviya», «Kubraviya», 
«Naqshbandiya» tariqatlarida insonlar Alloh 
yo„lida, haq yo„lida tinimsiz toat-ibodat, tavba-
tazarru qilish barobarida ularning peshona 
terisini to„kib, halolu pok mehnat qilish, doimiy 
sa‟y-harakatlarda bo„lishlari kerakligi 
urg„ulanadi. Jumladan, «Yassaviya» ta‟limotida 
poklik, halollik, to„g„rilik, mehr-shafqat, o„z 
qo„l kuchi, halol mehnati bilan hayot kechirish, 


Alloh visoliga etishish yo„lida insonni botinan 
va zohiran har tomonlama takomillashtirish 
kabi ilg„or umuminsoniy qadriyatlarning 
ifodalanganini ko„ramiz. Bu hol boshqa islomiy 
ta‟limotlar uchun ham birdek xosdir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin