shug„ullangan.
Shuningdek, moliya ishlari bilan
istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan
ishrof devoni, harbiy ishlar bilan
Devoni arz
yoki Jaysh shug„ullangan. Sulton xonodoni
hayotiga, iqtisodiyotiga
tegishli yana bir muhim
devon mavjud bo„lib, u
Devoni xos nomi bilan
atalgan.
So„nggi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga
alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz
minglik qo„shindan tashqari oliy hukmdorning
maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta
mavqega ega bo„lgan.
Sulton Muhammadning
shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan
tashkil topgan.
Harbiy qismlarda
Harbiy
nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat
qo„shini boshlig„i),
Amir ul-umaro, Malik (10
ming qo„shin boshlig„i),
Chovush (chopar),
Josus (razvedkachi),
Askar qozisi kabi
mansablar ham mavjud bo„lgan.
Takash va Muhammad
Xorazmshohlarning
katta qo„shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni
bosib olish, ularni o„z tasarruflariga kiritish
borasida olib borgan ko„p yillik istilochilik
yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohlar
saltanati
shuhratini oshirib, uning hududlarini
benihoya kengaytirishga olib kelgan bo„lsa,
ikkinchi tomondan esa, bu hol pirovard
oqibatda bu davlatning chuqur ichki
tushkunlikka, tanazzullikka yo„liqishiga ham
sabab bo„ldi.
Jumladan, Takash o„zining XII asrning 80-90
yillardagi istilochilik yurishlari davomida
Saraxs,
Nishopur, Rey, Marv kabi muhim
shaharlarni ishg„ol etgan.
Takash vafotidan so„ng davlat hukmdori
bo„lgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh
davrida ham mamlakat hududlari kengayishda
davom etadi. Bu
vaqtga kelib Xorazmshohlar
davlati hududlari g„arbiy-janubga qarab
Xormuz, Fors qo„ltig„i, Iroq erlariga qadar
yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod
shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag„dod
xalifaligini qo„lga kiritish uchun ham intilgan.
Bu esa butun musulmon olamining unga
nisbatan qahru-g„azabiga sabab bo„lgan.
Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda
qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm
dovrug„ini ko„targanidan so„ng, u o„ziga
ortiqcha bino qo„yib, o„zini
“Iskandari Soniy”,
Dostları ilə paylaş: