Kasalxona ichidagi infektsiyaning oldini olishning asosiy qoidalari: Himoya kiyimlarini o‘z vaqtida va
to‘g‘ri ishlatish (shu jumladan· saqlash). Tibbiy xodimlarning qo‘llari etarli darajada toza saqlashi. Qabul
bo‘limida sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilish: to‘g‘ri sanitar-gigienik qoidalariga amal qilish,
pedikulyozni tekshirish, termometriya va boshqalar. Bo‘limlarda sanitariya-gigienik tartbning holatini va
bemorlarning· shaxsiy gigiyenasini nazorat qilish (shu jumladan choyshablarning o‘zgartirilishi).
Binolarni sanitar-gigienik tozalash: Tibbiy muassasada sanitariya-gigiena rejimini ta‘minlash binolarni
muntazam ravishda tozalashni nazarda tutadi. Tozalash dezinfeksiyalovchi eritmada xo‘llangan matolar, pol
artuvchi taxta va cho‘tkalarda amalga oshiriladi.
Palatalarni tozalash: Tozalash tumbadan boshlanadi: changni artib tashlab sovunni, tishpastasini, pishiriq,
murabbo, shakar, kitoblarqoldiriladi. Keyingi galda to‘shakni, radiatorni, quvurlarni, derazalarni, plafonlarni,
mebelni changdan tozalanadi. Tozalash paytida jim bo‘lish kerak. Kichik hamshiraning harakatlari kasallarni
bezovta qilmasligi kerak. Burchaklarni, qiyin tozalanadigan joylarni sinchikovlik bilan yig‘ishtirish kerak.
Xonani eshik yo‘nalishiga qarab supurish kerak, axlatni axlat idishiga tashladi yoki yondiriladi.
Yo’laklarni tozalash: Yo‘laklarda namlangan latta bilan panelni, mebelni, eshikni artish kerak,
polnixlorohagining eritmasi bilan tozalanadi. Xojatxonalarini jihozlash va tozalash: xojatxonalar boshqa
binolardan yaxshi izolyatsiyalanishi, oraliqchiziqqa egabo‘lishi, yaxshi shamollatish tizimiga ega bo‘lishi, etarli
yoruqlik bo‘lishi kerak. Bu erga najas va siydikni yig‘ish uchun idish qo‘yish kerak. Tozalash uskunalari xona
va dushxonalari uchun alohidabo‘lishi kerak, ular faqataniqmaqsadda qo‘llanishi kerak. U etiketli bo‘lishi va
toza bo‘lishi kerak. Cho‘tkalar, matolar, tog‘oralar muntazam ravishda issiq suv bilan yuviladi va matolar
quritiladi. Suda va idishlarni ( "o‘dka") yuvish uchun ruchkalar ham suv bilan yuviladi va
dezinfektsiyalanadi.