часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
века
»
август
, 2022
г
195
va transformatsiya) yo’llarini kashf qilinishi biotexnologiyaning yuqori sur’atlar bilan
rivojlanishini ta’minlaydi. Zamonaviy biotexnologiya mikrooarganizmlarni sanoat miqyosida
ko’paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo’lgan moddalar olish, fermentlar
injeneriyasi genetik injeneriya va hujayra injeneriyasida qo’llash.
Biotexnalogiya ( yunoncha techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) qishloq
xoʻjaligi, sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan
foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biologiya va texnika imkoniyatlarini
birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. "Biotenalogiya" terminining vujudga kelishiga Stenford
universiteti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har xil xossaga ega irsiy
injeneriyasi
yo’nalishlarida rivojlanib bormoqda. M
olekulalarini biriktirib rekombin
XX asr
davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikrooarganizmlar yotadi, desa to’g’riroq
bo’ladi. Tez ko’payadigan , genetik jihatdan chuqur o’rganilgan mikroor-ganizmlardan
foydalanib turli xil mahsulotlar : dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa
biologik faol moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga
odam oshqozon osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza
bo’lgan insulin gormonini yoki o’sish gormoni genini kiritish bilan somatotropin gormonini
bakteriyalarni sun’iy muhitda o’stirish orqali ko’plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin.
Hozirda ko’plab dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni
ishlab chiqarmoqdalar.
XX asr oxirlari XXI asr boshlariga kelib molekulyar biologiya fanining taraqqiyoti
genetik va hujayra injeneriyasining tez sur’atda rivojlanishiga olib keldi. Bu davrdagi eng
katta yutuqlar bir tomondan odam genomining to’la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo’lga
kiritilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan , o’simliklarni urug’dan unib chiqib, gullashi va meva
berishigacha bo’lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan 25 ming genlarning
aniqlanishi tufayli erishildi. Endi yaratilayotgan texnologiyalar nafaqat mikroorganizmlar
balki birmuncha murakkab bo’lgan hayvon va o’simliklar asosida amalgam oshirila bosh-
landi. Xususan , turli xil qimmatbaho genlar o’simlik va hayvon hujayralariga kiritilib, bu
genlarning mahsulotlari xalq xo’jaligida foydalanila boshlandi. Masalan, olimlar banan
o’simligi genomiga ba’zi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina sintez qiladigan genlarni
kiritish bilan mevasida tayyor vaksina ishlab chiqaradigan transgan banan olishga erish-
dilar. Banan mevasini iste’mol qilish bilan odamlarda ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi
immunitet hosil bo’ladi. Bu texnologiyani juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini siz
darhol sezgan bo’lsangiz kerak. Bundan tashqari, zaharli bo’lgan simobni o’zlashtiradigan
bakteriyalardan ajratib olingan genlar hozirda o’simliklar genomiga kiritilib, tuproqdagi
simobni o’zlashtiradigan transgen o’simliklar olingan. Bunday transgen o’simliklarni simob
bilan ifloslangan joylarga ekilsa atrofdagi tuproqlar zaharli simobdan tozalaniladi.
Genetik injeneriyada keyingi paytlarda qo’lga kiritilgan yutuqlardan yana biri
insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali