Science and innovation



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.07.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#135701
1   2   3   4   5   6
o-zbek-mumtoz-musiqasining-umumnazariy-asoslari

TADQIQOT NATIJALARI 
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda yoshlarning ma’naviy-axloqiy madaniyatini 
shakllantirishda maqom san’atidan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish 
lozim deb o’ylaymiz. Ayniqsa, “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”[2]gi qarorning o’z vaqtida e’lon qilinganligi maqom san’atining tarbiyaviy 
ahamiyati o’ta muhim ekanligidan dalolat beradi. 
Ana shunday durdona musiqa merosimizni asrab-avaylash, nazariy va amaliy 
o’zlashtirish, uni kelajak avlodga yetkazib berish har qaysi musiqa nazariyotchisi va 
amaliyotchisining zimmasidagi muhim vazifadir. Bu sharafli yo’lda sidqidildan mehnat qilgan 
maqomdon ustozlar, musiqashunos olimlar va savodxon ijrochilarning samarali ilmiy izlanishlari 
hamda erishgan natijalarini e’tirof etish lozim. 
MUHOKAMA 
Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lgan musiqiy janr – maqomlardir. 
Ular mazkur xalqlarning o’ziga xos milliy musiqiy boyliklarini mujassam qilgan holda, sozanda 
va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil 
musiqiy janr sifatida yuzaga kelgan. Maqomlar kishilarni ruhan tetiklashtiruvchi, ularning 
ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi sifatida qadim zamonlardan buyon bugungi kungacha 
insonlarga xizmat qilib kelmoqda. “Asrlar davomida ulug’ olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va 
sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan 
ushbu noyob san’at dunyo miqyosida katta shuhrat-e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji 
bo’lgan “Shashmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi 
sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro’yxatga kiritilgani buning yaqqol 
tasdig’idir”[3]. 
XULOSA 
Dunyo miqyosida tan olinayotgan mazkur san’at na’munasining ma’naviy ozuqasi, 
insonni ezgu amallarga chorlash xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini anglash lozim. Buning 
uchun, birinchi navbatda maqom namunalarini ilmiy tahlil etish va milliy musiqa 
ixlosmandlariga yetkazib berish lozim bo’ladi. Bunday sharafli yo’lda mehnat qilib, maqom 
sirlarini yoshlarga o’rgatishda samarali faoliyat olib borayotgan ustozlarning o’rni katta albatta.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin