Futbolda taktik usullarning ahamiyati reja: Harakatlanish texnikasi 2



Yüklə 124,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.07.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#135762
FUTBOLDA TAKTIK USULLARNING AHAMIYATI



FUTBOLDA TAKTIK USULLARNING AHAMIYATI 
Reja:
1.
 
Harakatlanish texnikasi
 
2.
 
Maydon o’yinchisining texnikasi
 
3.
 
To’pga zarba berish
 
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi texnik priyomlarni umumiy (yoki o’xshash) 
spetsifik belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat. O’yin faoliyati harakteriga 
qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo’lim ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi 
va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa quyidagi: 
harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limlariga bo’linadi. 
Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan: 
harakatlanish texnikasi va priyomlari va usullaridan iborat. Bulardan maydon 
o’yinchilari va darvozabon foydalanadi . Ammo ayrim priyom va usullar o’zining 
muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi bo’lib, 
detallaridagina farq bo’ladi. Har xil priyom, usul va turlarni ijro etish shartlari 
futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. Futbol texnikasining klassifikatsiyasi 
berilgan. O’rganilayotgan materialni sistemalashtirish, priyom, usul, turlarni 
tuzukroq tushunishga, ularni to’g’ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni 
takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol 
texnikasining harakteristikasi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umimiy 
kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi. 1. Harakatlanish 
texnikasi Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar guruhini o’z ichiga oladi: 
yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining klassifikatsiyasi 
ko’rsatilgan. O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi priyomlaridan xilma-xil tarzda 
qo’shib foydalaniladi. Mana, masalan, futbolchining harakatlanish tezligi 
nihoyatda xilma-xil, sekin yurishdan boshlab startdagi tezlanishu maksimal 
tezlikka qadar o’zgaradi, yugurishning maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib 
turadi. Ygurishning xilma-xil priyomlarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga 
ko’shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. 
Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o’yinchilari va darvozabonning 
to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. Harakatlanish texnikasi 
priyomlarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llanish ko’p taktik vazifalarni 
(to’p olish uchun ochilish va raqibini chalg’itish, pozitsiya tanlash, o’yinchini 
to’sib olish va h.k) samarali hal qilish imkonini beradi. Yugurish. Futboldagi 
asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarayotgan futbolchilar 
yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari 
yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda 
yugurishning quyidagi priyomlari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, 
chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish. Oddiy 


yugurishdan asosan to’g’ri borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni 
quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va 
havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishdan farq 
qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va 
ritmidagina farqi bor, xolos. Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m 
ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar 
chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal 
ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq 
bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi. Tisarilib 
yugurishdan asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda qatnashayotgan 
himoyadagi o’yinchilar foydalanadi. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq 
qadamli) bo’ladi. Qisqa–qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish 
fazasininig qariyb yuqligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i 
orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir. O’yin sharoiti 
ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik 
qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo’lib, bu ko’proq oyoqninig 
orqaga aktiv harakat qilishiga bog’liq. Tisarilib yugurayotganda o’yinchi ba’zan 
muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda 
gavdaning ogirliq markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchining 
holati turg’un bo’lishi shartlaridan biridir. Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan 
harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib 
yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning 
spetsifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib 
qo’llaniladi. Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan 
yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida 
(qo’shaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish 
paytda havoda uchish fazasi juda qisqa. Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik 
jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) 
foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq 
o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro 
etiladi. Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi 
qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. 
Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r 
berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi. Sakrash. To’xtash 
va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. 
Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan 
to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O’yinda 
oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. 
O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda 
sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib, 
futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari optimal 
bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladi. Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda 


uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi. Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir 
oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash. Bir oyoqda depsinib 
sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv 
depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash 
tomonga o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga 
bog’liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq 
amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini beradi. 
Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan 
tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi. Sakrab to’pga kalla urayotganda 
ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda yugurib kelib 
depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil 
qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-
oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak baravar 
silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi. Ikki oyoqda dyepsinib sakrash. 
Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida 
sakraladi. Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina 
cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik markazining 
o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib 
sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi. 
Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. 
Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi 
bo’ladi. To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini 
o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi. To’satdan to’xtab qolganda, 
raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p bilan ham, to’psiz ham o’sha 
ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o’ngga yoki 
chapga qochib qolinadi. To’xtashda ikki xil priyom qo’llaniladi: sakrab to’xtash va 
tashlanib to’xtash. Sakrab to’xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan 
oyoqda yerga tushiladi - bunda turg’unlik bo’lsin uchun shu oyoq sal egiladi. 
Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi. Tashlanib to’xtash so’nggi yugurish 
qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga 
tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi. Tashlanib to’xtash oyoqlarni 
anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan harakterlanadi. 
Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom 
ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati 
bo’lishi kerak. Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal 
kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan 
keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to’pni 
to’xtatish, to’pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi 
tarkibiga kiradi. Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab o’tib 
burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O’yin sharoitiga qarab yon 
tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida 


ham ijro etila beradi. Hatlab o’tib burilganda qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash 
hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi. Harakat yo’nalishini to’satdan va tez 
o’zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv 
depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. 
Sakrash unchalik baland bo’lmasa ham to’lato’kis bajariladi. Tayanch oyoqda 
burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yo’nalishidan uzoqdagi oyoqqa 
tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proyeksiyasini 
tayanch satx chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga 
aylanadi. Ikkinchisida harakat yo’nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda 
og’irlik markazining o’qi burilish tomonga ko’chadi. O’tkaziladigan oyoqni ham 
shu yo’nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo’yiladi. Burilish sal 
bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi. 2. Maydon o’yinchisining texnikasi 
Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri 
harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir. Maydon 
o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilmaxil 
priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To’pni boshqarish 
texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni 
olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda 
bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog’idan to’pni tashlab berish 
ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi. O’yin vaqtida qaysi priyom qancha 
miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi funksiyalariga bog’liq. 
Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o’yinchilarining hammasida yuksak 
darajada bo’lishi kerak. To’pga zarba berish To’pga zarba berish futbol 
o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli 
usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi berilgan. 
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo’lib, bu to’pning 
keraklicha trayektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal (ko’pincha esa 
maksimal) tezligi bilan harakterlanadi. To’pning uchish tezligi zarba beruvchi 
bo’g’in (oyoq yoki kalla) bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich 
tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatan bog’liq. O’zaro ta’sir 
etuvchi bo’g’inlarning massasi nisbatan muhim bo’lgani sababli to’pning uchish 
tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo’g’in tezligini oshirish kerak bo’ladi. 
To’pga oyoq bilan zarba berish To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining 
ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi 
bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to’pga, shuningdek turli 
yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan, harakat vaqtida 
sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi. Oyoq bilan to’p juda xilma-xil bo’lishiga 
qaramay, ular texnikasini sistemastruktura jihatidan taxlil qilish ko’p usullar uchun 
umumiy bo’lgan asosiy harakat fazalariga ajratib ko’rsatish imkonini beradi. 
Dastlabki faza-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi 
futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi. 


Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’p oldindan o’ylab qo’yilgan oyoq bilan 
tepiladigan qilib mo’ljal olinishi kerak. Bunga eng so’ngidan bitta oldingi qadamni 
qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o’rtacha uzunligi 
katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo’ladi. Yugurib kelish zarba 
beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi. Tayyorlov 
fazasi - zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish. 
So’nggi yugurish qadami vaqtida ortki depsinishdan juda muhim kichik fazazarba 
beruvchi oyoqni orqaga tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa 
maksimal darajada orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan 
tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li 
uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son 
anchagina orqaga tortilganda harakatlantiruvchi muskullarning hammasi ham 
cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat 
oxirida katta tezlikga erishish imkonini beradi. Zarba beruvchi oyoq orqaga 
tortilishini to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishdagi so’nggi qadamni sal uzaytirish 
kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 sm.ni 
tashkil etadi. Tayanch oyoq To’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi. Ishchi faza- 
zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish harakati tayanch oyoqni yerga 
quyish paytida sonni olg’a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan 
bukilgan boldir orasida hosil bo’lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan oyoq 
kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini tos-
son bo’g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga 
olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («Chxaidze paradoksi»). 
Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini 
oshirish uchun unga kattaroq massali bo’g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-
sekin o’tkazib berish kerakligi sabab. To’pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli 
qilichdek harakatlantirib zarba beriladi. Zarba berish paytida oyoqning to’piq bilan 
tizza bo’g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» 
aylanishi zarba beruvchi bo’g’im massasini ko’paytirish imkonini beradi. Zarba 
paytidagi o’zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to’pga tekkan joyi to’pning shaklini 
o’zgartiradi - deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to’pning birgalikda surilish tezligi 
nolga tenglashguncha to’p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to’p shaklini 
tiklaydi-da, to’pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik 
zarba berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo’ladi. 
Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi. 
Futbol to’pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan 
shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to’pga tegib 
turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to’pning uchish 
tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga 
bog’liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. 
Bunda zarba beruvchi oyoq to’p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish 
kattaroq kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o’z navbatida bu 


to’pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to’pning harakat yo’nalishi ham 
ko’p jihatdan surib borish yo’nalishi bilan belgilanadi. Yakunlovchi faza-keyingi 
harakatni boshlash dastlabki holatga o’tish. Zarba berilgandan keyin oyoq 
yuqorilab olg’a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida tayanch satxi ustida 
bo’lgan gavda og’irlik markazi o’qi oyoq harakati tomonga ko’chadi. Shu tariqa 
keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi. Oyoq bilan to’p 
tepishning ko’p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir. Yuqorida bayon 
etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch bilan to’p tepish 
imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko’pincha harakat fazalarini bajarish 
vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo 
etadi. Bundan tashqari, to’p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi 
spetsifik xususiyatlar ham bor. "Science and Education" Scientific Journal / Impact 
Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1 www.openscience.uz / ISSN 
2181-0842 463 

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin