Page 557
xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim. Har bir korxonada tashkil
etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik
muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko‘rsatkichlarida ifodalash,
keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan
birgalikda, korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli
ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat
olib borishi kerak. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik
vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi
uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob
masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya
hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boradi
hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha
xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo‘lgan hisob va hisobot masalalari
bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha metodologik rahbarlik ham
Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan
olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya
hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo‘riqnomalarni
tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy
qiladi
2
.
Buxgalteriya hisobi — kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida ayrim
korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini
uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining
maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida tuzilgan moliyaviy va
buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlashdan iborat.
Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga
asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad va mahsulotlar tannarxini rejalashtirish,
shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini izlash.
Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va
biznes-rejalarda mo‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakatlar mo‘ljallangan rejaga
qanchalik muvofiqligini belgilash.
Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborot
bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari korxona va tashkilot ishlab
chiqarish xo‘jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil
topadi:
1. Belgilangan reja topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
2
Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:–“Iqtisodmoliya”, 2006 y.