ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 558
2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish;
4. Korxona rahbari va ma’muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni
zarur hisobot ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta’minlash;
6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish
3
.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari
va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida
buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni
iqtisodiy, fuqarolik huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobini
xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish zaruriyati taqozo etdi.
Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika
vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga rahbari, tashqi investorlar va
foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi
zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini
yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va
taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy
berilgan imkoniyatlar hisoblab chiqiladi, mavjud rezervlar hajmi belgilanadi, uskunalar,
mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasi oshadi, shuningdek, moddiy
resurslar bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Xulasa qiladigan bo‘lsak, har bir byudjet tashkilotlari hisobotda aks ettirilgan
joriy davr uchun va har bir oldingi davr uchun moliyaviy hisobotning oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritilgan qismini har bir moddalar qatoriga kiritilgan tuzatishlar
summasini amalda imkoni ochiq ko‘rsatishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetida turuvchi tashkilotlarning byudjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar
smetasini va byudjetdan tashqari mablag’lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar
smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek,
shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bilan belgilangan.
REFERENCES
1. Vahobov A., Ibragimov A., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.:
“Sharq” NMAK, 2005-y.
2.Karimov A., Islomov F., Avloqulov A. Buxgalteriya hisobi. T.: –“Sharq” NMAK,
2004-y.
3. Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:–“Iqtisodmoliya”, 2006 y.
4. Ostonaqulov. Budjet hisobi. T.: 2008-y.
5. Ochilov I. Moliyaviy hisob. T.: – “Moliya” 2008-y.
6.Sotivoldiyev A.S. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. T.: – 2002-y.
3
Ostonaqulov. Budjet hisobi. T.: 2008-y.
Dostları ilə paylaş: |