O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalar mazkur kursni o‘rganish natijasida
toponimik atamalarni, toponimikaning rivojlanish tarixini, xususan O‘rta Osiyoda
toponimikaning
taraqqiyot
tarixini,
toponimika
va
terminologiyaning
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar ishlarini bilib olishadi.
Toponimlarning hosil bo‘lishi, o‘zgarishi, turlari haqida, geografik terminlarning
mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari, o‘zgarishi haqida bilim
olishadi.
Fanning vazifasi talabalarga - toponimlarning ma‘nosi, hosil bo‘lish va
turlariga qarab tasnif qilishni, hosil bo‘lishini tahlil etishni, dunyodagi eng yirik
toponimlar, mamlakatimizdagi makro va mezotoponimlar ma‘nosini, shuningdek
termin, tushuncha va iboralarni hech qiynalmay ajratib bera olish kabilarni
o‘rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar ―Toponimika va geografik terminshunoslik‖ fanini o‘zlashtirish jarayonida
amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
- toponimlarning hosil bo‘lishi,
o‘zgarishi, turlari haqida, geografik
terminlarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari, o‘zgarishi
haqida
tasavvurga ega bo’lishi kerak ;
- geografiyadan dars berish jarayonida tomonimik ma‘lumotlarni
qo‘llanishni, ularni turli manbalarga asoslanib izohlashni
bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; - joy nomlarining ma‘nosini, hosil bo‘lishi yo‘llarini tahlil qilish, geografik
nomlarning tarqalish qonuniyatlarni aniqlash
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak .
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy