O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Jonlashtirish uchun savollar: 
1.
Toponimika nimani o‗rganadi? 
2.
Kishilar nomlarni nima sababdan o‗ylab chiqarganlar? 
3.
Toponimika geografiyada qanday o‗rin tutadi? 
4.
Joy nomlari va toponimika hususida E. Murzaev nima degan? 
5.
Toponim nima? 
6.
Toponimikani nima sababdan yerning tili deyiladi? 
7.
Uning maqsad va vazifalari nimadan iborat? 
8.
Geografik kartada joy nomlari ahamiyati kanday? 
9.
Hozirgi paytda jamiyatni joy nomlarisiz tasavvur etib bo‘ladimi? 
10. Toponimika qanday ma‘noni anglatadi? 
2-Mavzu: Toponimika va geografik terminshunoslik 
Reja.
1.
Toponimika va geografik terminshunoslikning bog‘liqligi
 
2.
Makro, mezo va mikrotoponimlar
 
3.
Xalq toponimikasining keng qo‘llanilishi.
 
 
Tayanch tushuncha va iboralar. 
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim 
 
Har bir fanning muayyan tushuncha, qoida, qonunlarni ifodalaydigan tayanch so‘z,
termin va iboralari bo‘ladi. Toponimikaning alohida ilm sohasi ekanligini bildiruvchi o‘z
tushunchalarini ifodalovchi tayanch tushuncha va so‘z – terminlari mavjud. Toponim-lotincha
tpos-joy, yer, noma-nom, ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, joy nomi , geografik nom – atoqli ot
geografik ob‘ektni alohida nomga ega ekanligini bildiradi. 
Toponimiya - malum hududdagi joy nomlarining yig‘indisi. Toponimika – joy 
nomlarini geografik ob‘ektlarning nomlarini o‘rganuvchi ilm sohasi hisoblanadi. Antroponim


- har qanday shaxsning atoqli oti, ismi otasining ismi laqabi taxallusi. Antroponimlardan 
geografik nomlar yasalib kelishi kishilar nomiga qo‘yilgan dengiz cho‘l tog‘ tizmasi shahar va 
boshqa geografik ob‘ektlar - potronimlar deyiladi. Barens dengizi, Bering, Bafort , Tasmaniya 
dengizlari , Boliviya , Kolumbiya davlatlari, Vashington, Dehli , Hoshimin kabi poytaxt 
shaharlar, Laperuza, Bering, Kuk, Devisov, Torresov kabi bo‘g‘ozlar patronimlarga misol bo‘la 
oladi.
Xalq qabila va urug‘lar umuman el – elatlar nomi bilan atalgan geografik ob‘ektlar 
etnonimlar deyiladi. Etnonimlardan hosil qilingan joy nomlari etnotoponim bo‘ladi. Bunday 
nomlar tarixiy davrlarda xalqlarning qayerlarda yashaganligidan va o‘zaro aloqalaridan guvoh 
beradi. O‘rta Osiyoda bu xil nomlar ko‘pchilik Amerika qo‘shma shtatlaridagi Yuta, Michigan 
Dakota Oregeona va boshqa o‘nlab shtatlarning nomlari daryodagi ko‘pchilik davlatlarning 
nomlari tub xalq nomidan olingan etnotoponimlardir. (Rossiya, Turkiya, Angliya, Germaniya,
Turkmanbiston, Qirg‘iziston va boshqalar. )
Gidronim-suv havzalarining dengiz daryo ko‘l irmoq buloq duquq ariq anhor, suv 
ombori havzalarining atoqli otlari. Mahalliy geografik atamalar deb – geografik ob‘ektning
xarakterini turini mazmunini ifodalaydigan so‘z ibora (Terakli, Beshqayrag‘och, Qoratog‘ va 
boshqalarga aytiladi). Odatda mahalliy geografik atamalar geografik nomlar hosil bo‘lishida
faol qatnashadi. Qo‘shtegirmon qishlog‘i Yangiariq tumani va boshqalar.
Oronim – yer usti relefining atoqli otlari qir, jar, vodiy , botqoq, tog‘, tepalik nomlari.
Toponimik strategrafiya toponimlarning turli yoshdagi turli davrlarda Lisoniy har xil 
bo‘lgan qatlamlari. Qatlam tasviri mazmunidagi bu ifoda geologiya fanidan olingan bo‘lib,
pastgi o‘rta yuqori qatlamalrda so‘zlarning joylashuvi orqali geografik nomning eng 
qadimgisidan hozirgi ishlatiladigan yuqori qatlamlargacha ma‘nosini aniqlashga yordam
ebradi.
Toponim semantikasi geografik nomning lug‘viy manosi demakdir. Kal‘ka – 
(Fransuscha nusxa ) boshqa tillardagi geografik nomlarni muayyan tilga o‘zbekcha tilga to‘liq
yoki qisman tarjimada ifodalash. Chunonchi Great, Salt, Laki – katta sho‘r ko‘l New Gellnd 
– yangi Zelandiya inglizcha beloe mori oq dengiz, Novaya Zemliya Yangi Yer oroli. Aynan
tarjima qilingan ma‘nosi bir-u ikki tilda ikki xil aytiladigan nomalr kal‘ka bo‘ladi. Qizilsuv, 
Surxob, Qorasuv-Siyohab,
Toponimik formant – topofarmant geografik nomlarning yasalishida ishtirok etadigan
so‘z qo‘shimchasi bo‘lib, mustaqil geografik nom sifatida ishlatilmaydi. Masalan Marg‘iyona, 
Sug‘diyona, O‘zbekiston, yona, stan topoformat hisoblanib marg o‘tloq so‘g‘d xalq o‘zbek 
topa asos bo‘lib, xizmat qiladi.
Asos (topoasos) geografik nomning qo‘shimchasi olib tashlangandan qolgan o‘zagi.
Onamastika har qanday atoqlarni tahlil etuvchi tilshunoslikning bo‘limi tarmog‘i.
Etimologiya geografik nomlarning kelib chiqishi haqidagi ilm. Etnologiya – geografik 
nomlarning paydo bo‘lish sharoitini sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi 
toponimikaning sohasi masalan Qizilqum cho‘lining nomi qumning rangi qizil bo‘lmasada
nima sababdan shunday aytilganini aniqlaydigan etnologiya turli daliliy malumotlarni tahlil 
qiladi.
Transkriptsiya – nomlarning to‘g‘ri yozilishi imlosi oynonim aholi turar joylarining 
nomi -urbonim, shahr ichidagi nomlardir. Ma‘lum bo‘ldiki toponimika faniad ishlatiladigan 
atamalar so‘zlar iboralar asosan geografik mazmunga ega. Geografik nomlar turli maqsad va 
nuqtai nazardan o‘rganilishi mumkin o‘rta va markaziy Osiyo geografik nomlarining yirik 
tatqiqotchisi mashhur geografik olim I.M.Murzayev toponimlar yetti xil nuqtai nazardan 
o‘rganilishi mumkin. Bular nomning geografik ob‘ekt turiga mansubligi, paydo bo‘lish sharoiti
va vaqti. U yoki bu tilga mansubligi, mazmun va etmologiyasi bo‘yicha. Gramatik qoida va 
miyyorlarga tog‘ri kelishi. Bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish imkoniyati va tarqalishi, areali 
va migratsiyasi yani nomning ko‘chib yurishi nuqtai nazarlaridan o‘rganilishi mumkin.
Toponimlarning bunday turlicha yo‘nalishlarda o‘rganilishi bir necha metotlar 
yordamida amalga oshiriladi. Nomlarni tarixiy tahlil qilish metodi orqali toponimning paydo 
bo‘lishi evalutsiyasi o‘zgarishi nom vujudga kelgan ijtimoiy muhit aniqlanadi. Geografik 
paydo bo‘lgan tarixiy sharit va manbani aniqlash bu metodning mahiyatini tashkil etadi. 
Lingvistik metodlar etmologiya metodi formatlari metodi va leksik, semantik tahlil metodini 


o‘z ichiga oladi. Bunga geografik nomalr gramatik jihatdan tahlil etilib, nomning paydo bo‘lishi 
manosi aniqlanadi. Kartografiya metod nomalrining nom o‘zagini tashkil etgan so‘zdagi 
qo‘shimchalarni tadqiq etish orqali nomlarning tarqalish areali nom mansub til nomlarning 
tabiiy-ijtimoiy iqtisoidy hodisa va ob‘ektlar bilan bog‘liqligi aniqlanadi. Chunonchi suv, daryo, 
soy qo‘shimchalarning tarqalish xaritasi tuzilsa gidronimlarning nomi turkiy xalqlar tiliga 
mansubligi suvdan foydalanish tarixi, gidrolik ob‘ektning kattaligi haqida ma‘lumot olishi
mumkin.
Xalq atamalarining o‘rganish metodi geografik nom tarkibidagi tog‘ tepa, suv , 
o‘rganilayotgan ob‘ektning katta kichikligi, o‘zgarib turishi, baland pastligi, ko‘p ozligi va
boshqa tabiiy hususiyatlar haqida ma‘lumot to‘planadi. Shunday qilib, toponimikaning
tatqiqot metodlari bir necha bo‘lib, bu mertodlar tilshunoslik tarix va geografiya fanlarining 
tadqiqot metodlariga yaqin turadi. Geogrfaik nomlarning kelib chiqishi tarqalishi manosi 
haqidagi fan bo‘lgan toponimika geografik hodisa va jarayonlarning natijasi bo‘lgan nomlarni
aniq bir hudud bilan bog‘lab o‘rganagni bois toponimikani geografik mazmuni va mohiyati
fan desak to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda har biri o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 17 mingdan 
ortiq qishloq va aholi manzilari, 5 mingdan oshiq quduq borligi hisobga olingan bo‘lib ularning 
faqat ma‘nosini axtarish bilangina o‘rganib bo‘lmaydi. Joy nomlar qo‘yilishidagi
qonuniyatlarni qidirib topish ularni guruhlarga tasniflab o‘rganish kerak. Shundagina 
nomlarning izohli lug‘atini tuzish mumkin. Geografik fanlar enk planetar tarzdagi okean dengiz, 
materik , tog‘ sestemasi, region, davlat nomlari makro toponimlar , qo‘ltiq, ko‘rfaz, bo‘g‘oz, 
ko‘l botqoqlik, muzlik tog‘ tizmasi tarmog‘i daryo irmog‘i o‘rtacha kattalikdagi shaharlar 
nomlari hajmidagi mezo toponimlar va mahalliy ahamiyatli mikrotoponimlarga bo‘lish 
ananasi mavjud. Ammo bu tasnif ham nisbiy bo‘lib, mashhurligi ahamiyati tarixiy voqealik 
sifatida paydo bo‘lishi jihatidan mezotoponim, mikrotoponimga , mikrotoponim
mezotoponimlar qatoriga o‘tishi mumkin. Chunonchi bermud orollari bor yo‘g‘i 53,3 km.kv. 
maydoni 62 ming aholisi bo‘lgan Atlantika okeani shimoli g‘arbidagi orollar guruhi bo‘lib, bir 
jihatdan mikrotoponim hisoblanadi. 1522 yilda ispan sayyohi H.Bermudis tomonidan kashf 
etilgan Britaniya hamdo‘sligi tarkibida davlat bo‘lgani uchun uni mezotoponim deyish 
mumkin. Ammo Bermud uchburchagi deb nomlanuvchi halokatli akvatoriya bo‘lganligidan har 
qanday mashhur mikrotoponim kabi Bermud orolarini ko‘pchilik biladi. Barcha ilm 
sohalarining aniq tushuncha va qonunlarini ifodalovchi ilmiy atama yoki terminlari mavjud.
Bu tarminlarsiz fanning mohiyatini ifodalab bo‘lmaydi. Geografiyada yuqorida qisman qayd 
etilgani mezden mintaqa , iqlimzona, landshaft atmosfera, biosfera rayonlashtirish iqtisodiy 
rayon, musson, fiyon, seklon, antiseklon, tropik, rel‘ef, tog‘ adir tekilsik, ploto, yassi tog‘lik, 
pasttekislik, bug‘oz dengiz, orol va boshqa mingdan oshiq soz ishlatiladi. Bu tarminlarning
oldiga yana aniqlagich qo‘shiladiki, hodisa, jarayon, voqeylik, turini bildiradi. Arktika
mintaqa issiq iqlim, baland tog‘ qumli cho‘l tropik siklon, yirik iqtisodiy rayon, sanoat
tuguni, eroziya rel‘efi, va hakozo. Ushbu va boshqa geografik atama va so‘zlar
geografiya fanida mumkin. Qadimgi yunon, lotin va hozirgi yevropa xalqlari tillaridan 
olingan terminlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shelf inglizcha fiyon landshaft-nemischa,
metiorit metioroilit – yunoncha, meloratsiya – lotincha, kadastr – artizan –fransuzcha, plota, 
kryaj, uval-ruscha, so‘zlar umumqabul qilingan geografik terminlar shunday so‘zlardir. Shu 
bilan faqat muayyan geografik landshaft voqeylik yoni relefini ifodalash uchun aniq bir 
regiondan olingan ilmiy terminlar sifatida qabul qilingan so‘z va iboralar talaygina. Bedlend 
– AQSh O‘rta g‘arbidagi buzuq yerlarda tarqalgan rel‘ef , kompos (portugalcha) butazor
savanna Pampa- o‘tloq, (hindcha) al‘p rel‘ef, al‘p o‘tlog‘i – lotincha tundra – fincha – 
o‘rmonsiz yalang qir, teraylar – Himolay tog‘idagi botqoq chalakzorlar, tundra – AQSh 
janubiy sharqida Meksika qo‘ltig‘i sohilida ko‘tariladigan kuchli quyun tayfun – Tinch 
okean g‘arbiy sohilida ro‘y beradigan kuchli tropik seklon , tayga - mo‘tadil mintaqa 
o‘rmon zonasining shimolidagi ignabargli o‘rmonlar sekreb- Avstraliayning qurg‘oqchil 
yerlaridagi butasimon evkalipt tikanli akatsiya va butilkasimon daraxtlardan iborat doimiy
yashil chakalakzorlar bu tahlit landhsht rel‘ef shamol va boshqa geografik voqealikning 
betakrorligini ifodalaydigan geografik ifodalar soni minga yaqin bo‘lib, ular barcha xalqlarning 
ti;llaridan olingan. Shu so‘z olingan tilning atrof muhit hususiyatining o‘ziga xosligini
ifodalaydi. O‘zbek tilining lug‘ati boshqa tilarga tarjima qilinganda aynan so‘z manosiga futr 


yetkazadigan terminlar juda ko‘p. Bular xalq terminlaridir. Sirt soz adir, ang‘iz, chink, gerdob, 
adoq, oyoq, qo‘rig‘, qoq, boldir,qurum, uchma, barxan, bahorinor, taqir, soy, qayir, koriz,
qishloq, cho‘l , qo‘rg‘on, qir, sel, to‘qay, sho‘r, ungir, o‘ra, qum, bo‘z, dasht, bo‘ron, o‘lan, 
sahro, dashti biyobon, lalmi va boshqa yuzdan oshiq so‘zlar geografik atamalarga aylangan.
Mashhur geografik akademik L.Berg ―xalq tilida bitmas tuganmas boyliklar bor bu ilmiy 
terminalogiyani kengaytirish manbaidir‖ deb rus geografik terminologiyasi haqida 1915 yilda 
yozganida bu fikrni boshqa xalqning tillariga shu jamiyat o‘zbek tiliga ham tegishli ekanligini 
nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Aslini olgan ―devonu lug‘atit Turk‖ hali XI asrdanoq turkiy 
xalqlarning lug‘aviy tarkibiy nihoyatda keng qamrovli sinonim, omonim, antonimlarga boy 
ekanligini butun musulmon xalqiga isbot qilgan. Darhaqiqat qumli cho‘llardagi ko‘chib
yuruvchi taqasimon tepalikni faqat barxan so‘zi bilangina ifodalasi shakli va hosil bo‘lish
mekonizmiga mos keladi, yoki muayyan yo;‘nalishga ega bo‘lmagan usti liyos bilan 
qo‘plangan tog‘ oldi tepal;iklar marmonini faqat adir termini bilan ifodalsh mumkin. Xalq 
terminlaridan ilmiy atamalar hosil bo‘ladi. Xalq terminlari toponimlarga aylanadi – qoraqum
Qizilqum Qarnobcho‘l, Mirzacho‘l, Badayto‘qay, Yo‘lbarsto‘qay, Qoplonqir, Qoraariq,
Ulug‘tog‘, Oqtog‘ va boshqalar geografik terminlarning asariyati rus va bashqa tillardan
o‘zbek tiliga tarjima qilinib ishlatiladi. Bunda ayrim xilma-xillik chalkashliklar borligini 
nazarda tutib H.Hasanov ―Sten‘ – so‘zining cho‘l deb tarjima qilinishi va qo‘llanilishi xato va 
tasodifiy ‖ deb isbotlaydi. Olimning siyosiy harakati bilan sten dasht deb mazmunan tog‘ri 
tarjima qilishadigan bo‘ladi. ―Pustniya sahro deb emas cho‘l deb tarjima qilish tog‘ri bo‘ladi.
Chunki jonli o‘zbek tilida― Qizilqum chpo‘li Qoraqum cho‘li Qarshi cho‘li deb ishlatiladi.
Rossiya va Qozog‘iston shimolida zona stepi dasht zonasi ekanligini hamma biladi. Barabi
cho‘li Qulunda cho‘li deyilmaydi. Barabi dashti, Qulunda dasht deyiladi. Tojikistonda 
geografiya va ruscha zona stepni dasht zonasi to‘g‘ri ishlatmoqdalar. Tarixga nazar
tashlaydigan bo‘lsak Sulaymon Buxoriy lug‘atida ―cho‘l , sahro, biyobon, boshqarisi
―Homun‖ deb ishlatilgan Sadriddin Ayni ham Qizilqum to‘g‘risidagi bir maqolasida faqat
cho‘l so‘zini ishlatgan yer yuzi jurnal;i 1927 yil 1-2 son 32- bet. Botonik olimlar
S.Sohabiddinov lig‘atidan pustniya cho‘l deb ochiq oydin yozgan bo‘lsa akademik Qadr 
Zokirovning ―O‘rta Osiyo geobotanik pog‘onalari cho‘l, adir, tog‘ va yaylov deb faqat halq
terminlarini ishlatgani uchun ko‘pchilik yirik geobotanik tatqiqotchilar etirofiga sazavor 
bo‘lgan. Hozir darsliklardan bu terminlar mustaqil o‘rin olgan. H.Hasanovning ―fikricha xalq 
terminlarining qadimiy lug‘aviy kitoblaridan tarixiy geografik asarlar sayohatnomalar vaqor 
hujjatlardan badiiy adabiyot olish zarur. Shu bilan birga boshqa tillarda geografik terminlarni
tarjima qilganda o‘zbek tilida so‘zni muqobalanishini topish shuningdek qo‘shni davalt tilarida
ishlatiladigan terminalrga yaqin bo‘lish maqsadga muofiq. Umuman geografik atamalarni
tanal;shda o‘zbek xalqining tabiat hodisalariga zehn solib, tabiat bilan yuritish aloqani
kuzatishdan yaratgan .

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin