O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Geografiya kaferdrasi
“TOPONIMIKA”
fanidan
O’ Q U V – U S L U B I Y
M A J M U A
Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 140 000 - Tabiiy Fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5140600 - Geografiya
Namangan-2021
“Toponimika” fanidan tayyorlagan o’quv-uslubiy materiallari
RO’YXATI VA MUNDARIJASI
I.
O’quv materiallari
I.1
Maruza matni
I.2
Amaliy mashg’ulotlar
1.3
Mustaqil ta’lim mavzulari va hajmi
1.4
Glossariy
II.
ILOVALAR
II.1
FANNING NAMUNAVIY DASTURI
II.2
FANNING ISHCHI O’QUV DASTURI.
II.3
TARQATMA MATERIALLAR
II.4
Test savollari
II.5
Yakuniy baholash uchun savollar
II.6
Baholash mezonlari
O’QUV MATERIALLARI
Mavzu:
―Toponimika‖ fani, predmeti, tadqiqot ob‘ekti.
.
REJA:
1.
Toponimika faning ob‘ekti , predmeti, vazifasi
2.
Toponimikaning tayanch tushunchalari, ilmiy atamashunoslik
3.
Geografik nomlarni bilishning zaruriyati.
Tayanch tushuncha va iboralar.
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim
―Toponimika va geografik terminshunoslik‖ fani, tadqiqot ob‘ekti va predmeti. Fanning
maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. O‘quv fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Geografik ob‘ektlarning - materik okean, dengiz, qo‘ltiq, ko‘rfaz, tekislik, tog‘, shahar,
qishloq, mamlakat, region va boshqa yer sharidagi ob‘ektlarning nomlari – atoqli otlar bo‘lib,
ularni toponimika fani o‘rganadi. Aslida geografik ob‘ektlar ma‘lum bir mazmunga ega bo‘lib,
ularning joylashuvi muayyan hususiyati, aniq bir xalq tilidan olingan so‘z bo‘lib muayyan
tarixiy sharoit yoki voqiylik munosabati bilan atalgan. Yer sharidagi geografik ob‘ektlar
toponimikaning fan sifatida o‘rganish ob‘ekti. Geografik xaritalardagi va xaritalarga aks
ettirilmagan mahalliy ob‘ektlarning atoqli otlari toponimikaning o‘rganish ob‘ekti. Nomlarning
paydo bo‘lishi ularning tahlili, fanning predmeti. Har qanday fan boshqalaridan ko‘pincha farq
qiladigan qonun qoidalari , iboralar yoki alohida terminlari istifoda etadi. Chunonchi,
geografiyada zona mintaqa iqlim meteorologiya, atmosfera, landshaft geografik qobiq kabi soz
va terminlar aniq bir jarayon hodisa, qonun va tushunchalarni ifodalaydi. Bular geografiya
ilmining ilmiy atamalari yoki terminlari ularning ma‘no va mazmunini bilish ilmiy
atamashunoslik hisoblanadi. Ilmiy terminlar ba‘zan atoqli otli geografik ob‘ektlarning nomidan
terminga aylanishi mumkin. Geografik atamashunoslik gegrafiya faning aniq bir hodisasi yoki
jarayonning mohiyatini ifodalagani uchun ularning ta‘rifi va izohatini tuzish ilimiy geografik
atamashunoslikning predmeti hisoblanadi. Qadimgi turkiy so‘z bo‘lgan adir tog‘ etagidagi
muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmagan tepaliklar marjonini bildiradi. Al‘p o‘tlog‘i mintaqasi -
lotincha o‘zanli oq rangli tog‘ manosida bo‘lib, baland tog‘larning muzliklar yonidagi sero‘t
maydonl;arini ifodalash uchun ishlatiladi. Al‘p o‘tlog‘i mintaqasi – tog‘ o‘rmondan
balandlikdagi doimiy muzliklardan pastdagi maydonlarda joylashgan o‘tloqlar bo‘lsa, al‘p
relefi baland tog‘lardagi sovuq nurash parchalangan qoyali rel‘ef Al‘p burmalanishi – eng
keyingi geologik davrlarda – paleogin, neogen davrlarda burmalanish shakllangan baland tog‘lar
mintaqasiga nisbatan ishlatiladi. Iqlim muayyan joydagi ob-havo sharoitining uzoq davrlar -
fasllar, yillar, o‘n yilliklar ichida davriy tebranib turishini bildiradi. Iqlim qadimgi yunon
tilidagi ―Klimat‖ so‘zining arabcha tilidagi tallaffuzi. Arestotel, Yevdons va boshqa antik davr
(446-576) yunon olimlari Yerning shaklda bo‘lganligidan Yer kengliklarida Kunduz yoritilish
va isitilish mintaqalarini ifodalash uchun ishlatganlar. Egilish qiyshayish manosidagi klimat
so‘zi Quyosh nurlarining turli kengliklarda bir xil burchak bilan tushmasligi va shuning
natijasida kunduzning uzunligi o‘zgarib, isitish burchak tushush burchagining tikligi
kamayishi bilan kamayib borganligini ifodalash uchun ishlatilgan.
Quruqlikdagi geografik ob‘ektlar – tog‘ daryo tekislik ko‘l, qirlar, buloqlar, va boshqa
nomlarning makonda va vaqt moboynida mujassamlashuvi haqida bilim berish o‘quv fani
fazifasiga kiradi. Tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy ob‘ektlarning nomlari malum makonda hududda
va akvatoriyada va muayyan davrlarda hamda aniq bir tilda- muayyan tarixiy voqiylik hodisa
bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun toponimika fanida geografik ob‘ektlarning atoqli oti -
toponim – tabiiy hususiyat, lisoniy – milliy jihat va tarixiy geografik yodgorliklar deb qaralishi
zarur. Aynan shu lisoniy tarixiy va geografik xususiyatlar tahlil etilsa geografik nomlarni
ahamiyati burtik namoyon bo‘ladi. Geografiya fanining o‘rganish jarayonida geografik atoqli
otlar – toponimlar va fanning qonunlari, tushunchalari mmazmunini izohlaydigan termin va
iboralarning mazmunini – izohatini bilish talab etiladi. Toponimika va geografik atamashunoslik
hudddi shular haqida bo‘lajak geogriflarga bilim beradi. Ko‘plab geografik nomlar bilan ish
ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya, Afrika Antraktida , Shimoliy
Muz okeani, Atlantika, Hind va Tinch okeani materik ko‘tarilmalari va okean botiqlari
planetar makrotoponimlar manosi atalish tarixini bilish geogrif uchun zarurat bo‘lish qatorida ,
kichikroq - mikrotoponimlarning nima uchun shunday nomlanganligini bilish geogrifning
kasbiy burchi. Borsa –Kelmas, Mingbuloq, Qoraxotin, O‘yoqog‘itma, O‘lik dengiz Aniba, Ajal
vodiysi kabi o‘rtacha kattalikdagi botiqlarning nomlanish tarixini bilish geografiya fanlarining
ommabop va qiziqarli jihatlarini ta‘minlaydiki toponimikada shu tahlid biroz erishroq
etiladigan toponimlar o‘rganiladi. Shu bilan birga tabiiy fanlarning tayanch tushunchalari
bo‘lgan geoid, geografik qobiq biosfera, litosfera, troposfera, landshaft, landshaft qobig‘i,
ekalogiya, biosfera, gidrosfera, geosinklinal platforma, qalqon, antikliza, antiklinal, sinklinal,
transgritsiya eperogenik, regretsiya, fiord, shelf ekosestema, fiyon, bora, samum, eroziya
geosestema va boshqa tushuncha va iboralar borki, bunday ilmiy atamalarning mazmun –
mohiyatini bilish bilan birga bu so‘z birikmalarini kim tomonidan birinchi bo‘lib, kim
tomonidan va qachon fanga olib kirilganligi haqida ham fikr yuritish toponimika va geografik
atamashunoslik faning vazifasiga kiradi deb hisoblaymiz sayyoramizdagi eng yirik
makrotoponimlar, mezotoponimlar bilan birga sharq O‘rta Osiyo O‘zbekiston hamda
respublika regionlari geografik nomlari geografik tarixiy va lisoniy toponimik tahlil etiladi.
Toponimlar tahlilida ularning geografik jihatlari - o‘rni tabiiy geografik ijtimoiy iqtisodiy
geografik hususiyatlari – qiyofasi fel atvori rangi soni o‘lchamlari qanday
mujassamlashuviga urg‘u berish asosiy vazifalardan biri. Geografik xaritalar butun Yer
sayyorasini ayrim olingan bir mamlakatni ham bir butun idrok etishga mo‘ljallangan chizma
vositalaridir. Ma‘lumki aniq bir regionning Yer yuzasida qanday geoghrafik ob/ektlar bir –
biriga nisbatan qanday joylashganligini shu geografik o‘rni tufayli boshqa shu taxlit
ob‘ektlardan o‘xshash jihatlarga ega bo‘lishi va boshqalardan farq qilishi masalalarini
gaografiya fanlari o‘rganadi. Ob‘ektlarning geografik joylashivuni inson tafakkuri ixtiro
etgan chizma vositalar geografik xaritalar bo‘lib bu noyob ixtiro aslida matematik qoidalar
asosida tuzilishini hamma biladi. Insoniyat hayotida beqiyos katta ahamiyat kasb etadigan
geografik xaritalarni esa atoqli otlardan iborat bo‘lgan joy nomlarisiz tasavvur etish mumkin
emas. zEro joy nomlari yozilmagan bunday xaritalar shartli belgilar tasvirlangan
chizmalardan boshqa narsa bo‘lmay qoladi. Shunday ekan geografik nomlarning
joylashuvida mujassamlashgan atoqli otlar tushirilgan chizmalar geografik – xaritohrafik
matematik mazmun kasb ertadi.
Atoqli rus olimi N.I.Nadyojdin ―Yer bamisoli bir kitobdirki, unda insoniyat tarixi
geografik nomlar bilan bitilgan‖ deb toponimlar ahamiyatini ta‘kidlagan bo‘lsa nomlarni
―Yer tili‖ deb tariflagan. Hozirgi zamon o‘zbek milliy geografiyasining asoschilaridan biri ,
ilmiy merosimizning tolmas tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi Hamidulloh Hasanov ―Joy
nomlarini tabiat, tarix, hayot insoniyat ko‘zgusi desa bo‘ladi‖ deb yozgan edi.
Geografik nomlar haqidagi ilm bo‘lgan toponimika asosan uch fan - tilshunoslik, tarix
va geografiya fanlarining manfaatlariga tutashgan yo‘nalishlarida vujudga kelgan. Qadimgi
yunon tilidan tarjima qilinganda Topos-joy, nomos-nom ―Joy nomi‖ mazmunini beradigan
toponimika muayyan tildagi geografik nomlarni to‘plash ularning rivojlanishi, o‘zgarish
tendensiyalarini areallarini aniqlash nomlarning muhim leksik- semontik xususiyatlarini
yoritish toponimik lug‘atlar tuzish joy nomlari transkriptsiyasi (nomlarni og‘zaki nutqdan
yozuvda ifodalash boshqa tillardagi nomlarini ona tili qoidasi asosida yozish) kabi
masalalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Sayyoramizdagi har qanday geografik o‘z
atoqli nomiga ega bo‘lib, ularni toponimlar deb yuritiladi. Joy nomlarining sirini bilish
uchun toponimika fani bilan shug‘ullanish kerak. Joy nomlarini tadqiq etuvchi
mutaxassislar toponimstlar bo‘lib, har bir geografik ob‘ektning turini geografik tahlil etishda
maxsus ilmiy tushunchalardan foydalaniladi. Yer yuzasi rel‘efining nomlari - oronim daryo,
buloq, ko‘l, botqoq geografik nomlar gidronimlar qabila xalq elatlar nomi-etnonimlar,
umuman joy-tekislik-yuza nomlari- urbonimlar kishilar ismi shariflari qo‘yilgan nomlar –
patronimlar deb yuritiladi. Bazan patronimlar – antpatronimlar deb yuritiladiki , bunda
kishilarning laqabi, taxallusi, ismi va oilasi nomi bilan bog‘liq bo‘lishiga diqqat qaratiladi.
Toponimiya - ma‘lum hududdagi joy nomlarining yig‘indisi
Geografik nomlar haqidagi toponimika tilshunoslik tarix va geografiya fanlari
o‘rtasida oraliq fan bo‘lsada Yer haqidagi fanlarga – geografiya geologiya, biologiya
fanlariga ancha yaqin muammolarni baxs etadi. Chunki joy nomida uning geografik o;‘rni
tabiiy xususiyati boshqalardan ajralib turuvchi alomati, ijtimoiy – iqtisodiy holati kabi
jihatlar muhrlangan bo‘lishi mumkin.
Har qanday fanning o‘z nomi , bu atama qanday manoni anglatishi , bu nom birinchi
marta qayerda paydo bo‘lganligining o‘zi ham bir tomondan geografik ikkinchi tomondan
toponimika ekanligini ko‘rsatadi. Geografik nomlar haqidagi fan bo‘lgan toponimika
sayyoramizning aniq hududining tuzilishi va xususiyatini o‘rgatish bilan shug;ullanadighan
geologiya , geomorfologiya, biogeografiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Zero geologiya
Yerning ichki hususiyatlarini qazilma boyliklarini aniqlashda tayin bir nom bilan ataluvchi
hudud bilan ish ko‘rganligi uchun toponimika qonun qoidalaridan foydalanadi, demak
geologiya, geomorfologiya va toponimikaning manfaatlarida mushtaraklik bor.
Agar geologik qidiruv ishlari aniq nom bilan ataladigan joy bilan bog‘liqligi
e‘tiborga olimmagan taqdirda ham, bu fanlarda qo‘llaniladigan hodisa va jarayonlar ular
o‘rganilgan joy nomidan olinganligi uchun bu fanlarni toponimika va geografik
atamashunoslik bilan aloqa desak bo‘ladi. Al‘p o‘tlog‘i, al‘p burmalanishi, Kal‘dera, vulkan
fiord kabi atamalar aslida toponimlardir. Demak har qanday ilmlarni aniq lug‘at tarkibi –
ilmiy atamalar bo‘lishi nuqtai nazardan atamashunoslik tilshunoslikning aniq bir yo‘nalishi
sifatida tilshunoslik bilan bog‘liq.
Toponimlarni o‘rganishning eng muhim amaliy ahamiyatlardan biri kartografiya
uchun nomlarni xaritada tasvirlash diyish mumkin. Chunki geografik ob‘ektlarning nomlari
xaritalar mazmuning asosini tashkil etadigan nomlar avvalo xaritalar yozivi, sifatida
mujassamlashadi. Bularni amalda bajarish uchun xaritalarni tuzish bilan bog‘liq dalada va
labaratoriyada nomlarni aniqlashga qaratilgan bir qancha ishlarni bajarish talab etiladi.
Nomning joyda qanday atalishi , uning qaysi tilda qanday atalishi , uning qaysi tilda
qanday manoni anglatishi , qanday talaffuz etilishi va yozuvdagi imlosi bilan aloqador
ishlarni jumlasidandir. Bir qancha murakkab ishlarni o‘z ichiga aniq aniq xususiyatlari
haqida ma‘muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta‘minlanadi.
xususiyatlari haqida ma‘muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta‘minlanadi.
oluvchi ushbu jarayon toponimika qonun qoidalari asosida amalga oshiriladi. Chunki
natija xaritada nomdan foydalanish maqsadini ko‘zlaydi. Nomlarni aniqlash kartografik
amaliyotida qo‘llash metodikasi toponimikaning maxsus tarmog‘i - kartografik toponimika
deyiladi. Ushbu misol toponimika geografiya fanlari bilan uzviy bo‘g‘liq bo‘lishini
isbotlaydi. U geografiyaning bir tarmog‘i sifatida amalda qo‘llanilganini bildiradi.
Geografik talimning o‘ziga xos qirralari ko‘pchilik bo‘lib, hoh oliy ta‘limda
bo‘lsin, hoh umumiy o‘rta ta‘limda bo‘lsin, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi
bo‘lgan geografik dunyoqarash va geografik madaniyatini faqarolarda shakllantirishdir.
Sayyoramizning istalgan joyida ro‘y berayotgan tabiiy iqtisodiy siyosiy voqeylik va
hodisalarning makonini aniq tasavvur etish geografik dunyoqarash hisoblanadi. Materik
okean davlatlarning joylashgan o‘rni qiyofasi ozmi-ko‘pmi tabiiy va iqtisodiy ijtimoiy
xususiyatlari haqida ma‘lumotga ega bo‘lib, ularning o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishi
geografik madaniyatdir.
Geografik dunyoqarash va madaniyat albatta joy nomlari- toponimlar orqali
mujassamlashgan. Shunday ekan geografik ob‘ektlarning nomlari toponimlarni asosan
geografik ta‘lim jarayonida bilib olinadi. Toponimikaning geografiya ta‘limida
o‘rganilishining ahamiyati ham shunda. Buning ustiga geografiya ommabop va qiziqarli
o‘quv predmeti deb sifatlanar ekan tariflanayotgan nomning ma‘nosi atalish tarixi aniq
xususiyatlari haqida ma‘muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta‘minlanadi.
Geografik xaritalardagi istalgan atoqli otlar zamirida tabiat, tarix va lisoniy belgilar
oshkora yoki yashirin ekanligini ularni tahlil etish orqali o‘rganish mumkin. Eng yirik
geografik nomlar makrotoponimlar bo‘lib, ularda ayrimlarini tahlil etish fan fan predmeti
va vazifasi naqtai nazardan o‘rganiladi.
Avstraliya – janubidagi Yer . Avstraliya sharqiy rayon degani . talaffuzi o‘xshash
bo‘lgan bu nomlarda ham lisoniy ham geografik mazmunda umumiylik bor. Avstraliya
materigi 1606 yilda Gollandiya sayohatchisi Villeam Yantsizon tomonidan birinchi bor
kashf etilgan. Ammo materik nomi bu quruqlik ochilishidan ko‘p yillar avval paydo
bo‘lgan. Gap shundaki Yer kurrasining simmetriyalik qonuniga asoslanib , yerning janubiy
yarim sharida beshinchi qit‘a borligini bashorat qilganlar va bu quruqlikni - janubdagi
nomalum Yer - deb ataganlar. Lotin tilida ―Zyud‖ va ―Terra ‖ so‘zlari birikmasidan
tashkil topgan Avstraliya atamasi ―Janubdagi Yer ‖ mazmuniga ega bo‘lsa-da aslida Yer
kurrasining janubiy qutbi atrofida yani Avstraliyadan yanada janubroqda boshqa bir quruqlik
Antraktida qat‘asi borligini bilmaganlar. Avstraliya kashf etilgan 17 sarda uni yirik orol deb
hisoblab, ―Yangi Gollandiya‖ deb yuritganlar. Avstraliya kashf etilgandan keyin A.Tasman
va boshqalarning sayohatlari natijasida Avstraliya alohida beshinchi – qit‘a ekanligini
ma‘lum bo‘ldi. Endigi vazifa janubiy qutb atrofidagi quruqlikni izlash bo‘lganligidan uni
kashf etishga urinish kuchaydi. Arktikaning qarama – qarshi tomonidagi quruqlik ham
kashf etilmasdan oldin antraktida deb ataldi. Antraktidani birinchi bo‘lib kashf etish
uchun o‘sha davrning eng kuchli debgiz davlati bo‘lgan Angliya, Fransiya, Gollandiya
kabi mamlakatlarning nomdor dengiz sayohatchilari harakat qildilar. Antraktidani ochishga
jurat etgan debgiz sayyohlari orasida djeymis Kuk ham bor edi.
Geografik kashfiyotlar tarixida juda katta o‘rin tutgan uch bora dunyo aylana
sayohat qilgan bu jasur ingliz sayohatchisi 1772-75 va 1776-79 yillardagi ikkinchi va
uchunchi dunyo aylana sayohatlari davomida janubdagi nomalum yerni – Antraktidani
astoydil izlagan . ko‘pgina orollar to‘plamlarini ochgan Tinch okeaning antraktika
doirasida uning kemalari aysberglar orasida qisilib qolib, rosa qiynalgan . Antraktidaga
ancha yaqinlashgan bo‘lsada uning qirg‘og‘iga yetib bora olmagan. O‘z kundaliklarida
―janubda qalin muz bilan qoplangan qahraton sovuq sharoitli orolyoni undan kattaroq
quruqlik bo‘lishi mumkin, lekin unga etish juda xatarli qo‘rqmasdan aytishim mumkinki
bundan keyin hech kim men yetgan janubiy kenglikdan janubga o‘tishga jurat qila
olmaydi. Men yetishgan kengliklardan janubda bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik hech
qachon tadqiq etilmaydi ― deb yozgan edi.
1775 yildagi 2-dunyo aylana sayohati vaqtida J.Kuk haqiqiqatdan materik atrofida
suzish chinakkam xaf – xatarga to‘la edi. Keyinchalik malum bo‘lishicha D.J.Kuk janubiy
qutb doirasini uch marta janub tomon kesib o‘tgan. Hozirgi Amudsen dengizi doirasida
janubiy qutbdagi quruqlik qirg‘og‘igacha bor yo‘g‘i 200 km. uzoqlikdan o‘rgan. Bu jasur
sayyoh Gavayi orollarida mahalliy aholi bilan to‘qnashuvda 1779 yilda halok bo‘ladi.
Sayyohning pisandalik bilan aytgan so‘zlari Antraktidadani kashf etishning qariyib 45 yil
orqaga surdi. 1819-1820 yillarda dovyurak rus sayyohlari F.F.Belinsgauvzen va M.P.
Lazarevlar boshchiligidagi ―Mirniy va vastok‖ kemalaridagi sayohat sayyoramizning
oltinchi materigi deb Antraktidani kashf etishdi. 1820 yil 28- yanvar Antraktidaning ochilgan
kuni sifatida tarix safilariga kirdi. Yer sayyorasining janubiy qutbi atrofida eng janubiy
materik kashf etilgan bo‘lishiga qaramay Avstraliyaning nomi xaritalarda janubdagi Yer
sifatida toponim bo‘lib qolaverdi.
Yevropa markazidagi Avstriya davlatining nomi nemislar mamlakati Germaniyaning
sharqida joylashgan. Shu bois ham nemischa ibora oster rayx sharqiy rayon mazmunida
turdosh otdsan atoqli otga ayklanib kelgan. Bu ikki toponim toqliligidan ko‘rinadiki tallaffuzi
o‘xshash bo‘lgan nomlardan geografik jihat tarixiy voqealik hamda lisoniy mazmun o‘z
ifodasini topish qatorida ma‘lum darajada tasodifiylik ham bor. Ammo ko‘pchilik geografik
ob‘ektlar nomlanishida shu taxlit sabablar kelgan emas. Planetamizning eng kata oroli
Gellandiya bo‘lib, uning maydoni 2176 ming km. kv. Nomi yashil yer dengiz mazmunini
beradi. Zero bu orol 867 yilda norvegiyalik sayohatchi Erik Rauda (malla) boshchiligidagi
kishilar tomonidan ochilgan. Sayyohlar orol sohiliga borganlarida birinchi bo‘lib yashil
o‘tloqlarni ko‘rganlar. Aslida 500-600 m qalinlikdagi muz bilan qoplangan Grelandiya orolini
Muzloq Yer nomi bilan atalsa to‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki orol sayyoramizda Antraktidan keyin
eng katta muzligi bo‘lgan ikkinchi quruqlikdir. Yer sharining 71 % maydoni dunyo okeani
bilan band bo‘lib, buning yarimni birgina Tinch okean maydoniga tog‘ri keladi. Tabiatan eng
noting va kuchli dovullar - tropik seklonlar bo‘lib turadigan Tinch okeanining nomi
Portugaliya sayohatchisi F.Magellan tomonidan qo‘yilgan. Kishilik jamiyati tarixida ilk bor
- 1919-22 yillardagi sayohati bilan Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo okeaning bir
butunligini amalda isbotlagan Magellan boshchiligidagi dengizchilar ushbu okeanni suzib
o‘tish davomida biror marta ham dengiz bo‘roni bo‘lmagan. Tinch okean toponimi ham
Grellandiya toponimi kabi o‘z tabiiy geografik sharoitiga mos bo‘lmagan makrotoponimlar
hisoblanadi. Toponimikadan dastlabki ma‘ruzada ushbu nomlarni keltirishdan maqsad
nomlanishda tasodiflar bo‘lishi mumkinligi bilan birga geografik joylashuv ko‘pchilik
toponimlar atalishiga sababchi ekanligini takidlashdir. Toponimika va geografik atamashunoslik
Yer haqidagi ilmklarga yaqinroq bo‘lgan. Yer planetamiz ob‘ektlarining geografik
xususiyatlarining muayyan jihatlari bilan masalalarni bahs etishi geografik tizimiga kiruvchi
fanlardan biri. Chunki geografik nomlar atoqli otlarning gramatik va semantik jihatdan eng
mukammal turidir. Zero geografik ob‘ektning nomida xalq tilining barcha qonun
qoidalarning xususiyatlari aks etadi. Aniq bir tarixiy voqiylikning bo‘rtik, etiborini talab
etuvchi, esda qolishga qaratilgan jihatlari mujassamlashadi. Xalqning til boyligining muayyan
qirralari muhrlangan bo‘ladi. Ayni vaqtda xalqning tabiatga, atrof muhitga munosabati,
kuzatuvchanligi topib aytiosh donishmandlik, tabiiy hodisa , jarayonlarning ko‘z ilg‘amas
qirralarini ilg‘ab olish masalalari mujassamlashgan bo‘ladi. Shuni ham alohida takidlash kerak
vaqt o‘tishi bilan tilshunoslikda ma‘lum bir o‘zgarishlar - yangi so‘z va iboralarning kirib
kelishi ayrim so‘z va iboralarning jonli til istemolidan chiqiqshi munosabati bilan nomlanishda
o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Xalq tilidan grammatik va leksik qo‘shimchalarni ishlatmaslik
tejash qonuniga muofiq nomlanish o‘zgarishi mumkin. Odatda ni, ning egalik
qo‘shimchalarining tejalishidan Shoh Fayzining arig‘i - Shofayziariq nomiga , yakkabog‘ning
daryosi, Yakkabog‘ daryoga aylanishi mumkin. Elastik toponimlar paydo bo‘lishi ham tabiiy
hol chunki zamon ruhiga mafkuraga mos ramziy nomlar (Vladikavkaz – kavkazni egalla ,
Vladivastok – sharqni egalla, Venesuella kichik venetsiya, Nuriston )
Dostları ilə paylaş: |