126
ham bor. Odatda, sug‘urta polislarda sug‘urtalanuvchiga yo‘qotishlarning oldini
olish yoki ularning miqdorini eng kam darajaga keltirish maqsadida hamisha
hushyor bo‘lishni yuklovchi majburiyatlar bor,
boshqacha aytganda, u sug‘urta
qilinmagan kabi harakat qilishi zarur. Ammo juda ko‘p haydovchilar yo‘llarda
harakatlanish qoidalarini buzadilar, ish joylari zarur holatda saqlanmaydi, yong‘in
xavfsizligi
qoidalariga
rioya
etishmaydi,
avtomobillariga
signalizatsiya
qo‘yishmaydi va boshqalar.
Xavflilikning nomoddiy omili doimiy ravishda zararni qoplash talab (da’vo)
qiluvchi shaxs ham bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar sug‘urtani investitsiyaning
bir turi, har yili sug‘urta badallarini olish mumkin degan fikrda bo‘ladilar. Odatda,
bunday odamlar bilan e’tiroz bildirilgan taqdirda, munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
qiyin.
YAna bir misol, nohalol (halol bo‘lmagan) sug‘urtalanuvchidir.
Uning halol
emasligini ariza berishi yoki e’tiroz bildirishi jarayonida sezish mumkin. Bunday
sug‘urtalanuvchilarning e’tirozlari o‘ta yuqori talablar bilan bo‘ladi.
2
. Anderraytingda riskni boshqarish. Risk tushunchasi va uni aniqlashning
o‘ziga xos xususiyatlari. Risk tushunchasini iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin
etilishi. Risklarni baholash - sug‘urtada qismi sifatida. O‘rta risk guruhi haqida
tushuncha. Risklarni baholashning uslublari. Risk vujudga
kelishining chastotasi
va shakllari. Risk darajasining doimiy miqdorga ega emasligi. Sug‘urta risklarni
tahlil qilish uslublari.
Risk- 1) bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk
tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga
kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni
mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos
yaratadi. Risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan
taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti
bilan
to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi
yoxud nobud qilishi mumkin. SHu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib,
uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining
ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk
bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2) sug‘urta
ob’ekti: 3) sug‘urta javobgarligining turi.
Risk tushunchasi zarar keltiruvchi turli xil hodisalarning ro‘y berish ehtimoli
tushuniladi.
“Holat” tushunchasi biron-bir faoliyat bilan bog‘liq shart –sharoitlar
yig‘indisini bildiradi. Bunday shart-sharoitlar bunday faoliyatni amalga oshirish
uchun yaxshi xolat yaratadi yoki noqulay vaziyatni yaratadi.
Riskli holatlar - risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga
ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu
riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveer
yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta
shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda
sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar:
127
shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv
va sub’ektiv turlarga bo‘linadi.
Riskni xarakterli belgilari:
-noaniqlikning mavjudligi;
-alternativ tanlash zarurligi;
-tanlangan altirnativaning ehtimolini baholash imkoniyatlarini mavjudligi.
Riskning miqdorini kamaytirish
uchun diversifikatsiya, limitlashtirish, o‘z-
o‘zini sug‘urtalash va sug‘urtalash kabi moliyaviy usullardan foydalaniladi.
Sug‘urta himoyasiga olinuvchi risklar sug‘urtaviy risklar deb ataladi.
Riskning ro‘y berishi natijasi: salbiy hol (zarar), o‘zgarishsiz (nollik), ijobiy
(foyda) bo‘lishi mumkin.
Statistik va ekspert baholash usullari yordamida riskka son jihatidan
baholanadi.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi
barcha riskli holatlarni
natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli
risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: