21
SHundan kelib chiqib, ob’ektlarning shartnomada qayd etilishi nazarda
tutilayotgan sug‘urta hodisalaridan sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalari ham
turlicha belgilanishi mumkin.
Netto-stavka ikki qismdan - sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi va
risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi - eng
katta ehtimollikka ko‘ra, sug‘urtalangan ob’ektlar summasining to‘langan sug‘urta
qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi. Masalan, bir avtomobilning narxi 10
mln. so‘m, uni ta’mirlash 3 mln. so‘m, yo‘l halokati hodisasi doimiyligi
koeffitsienti (DAN ma’lumotiga ko‘ra) 0,2 bo‘lsa, sug‘urta summasining zararlilik
ko‘rsatkichi (SS3K = 3 mln. so‘m : 10 mln. x 0,2 x 100 = 6 so‘m yoki 6 %) 6
foizni tashkil etadi.
Risk qoplamasi to‘lovining kattaligi sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Risk bo‘yicha sug‘urta mukofoti uning yuz berish
ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‘urtasi
tarmog‘ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‘p jihatdan aloqador bo‘lsa,
umumiy sug‘urta tarmog‘ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma’lum
vaqt oralig‘ida risk kattaligi o‘zgarishi ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: