11
Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin.
Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu
sug‘urtaning
axborot
funksiyasi
mavjudligini
anglatmaydi.
Sug‘urta
tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida
berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z
isbotini
topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya.
Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya.
Nazorat funksiyasi.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va
har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun,
albatta, sug‘urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim.
Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta
fondini tashkil etmasa, uning
moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining
mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y
berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini
boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari
davlat
tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: