Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 536 International Conference -
amaliy ishlarga, ya‟ni misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar
keltirishga, o„quvchilar o„rtasida savol-javob o„tkazishga ko„proq vaqt qoladi;
-
yuqoridagilar asosida, ulaming bilim, ko„nikma va malakalari oshadi;
barcha o„quvchilami baholashga imkon tug„iladi, ya‟ni misol va masalalami
yechishga baho qo„yilsa, uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, test
topshiriqlarini bajargach, ular jamlanib baho qo'yiladi;
-
o„quvchilarning o„zlari mustaqil o„rganishlari uchun imkoniyat yaratiladi,
ya‟ni o„quvchi ushbu elektron ishlanmadan foydalanishi o„qituvchi ishtirokisiz
mustaqil ravishda multimediya imkoniyatlaridaidan foydalanib mavzuni o„rganishi
va yaxshi o„zlashtirishi mumkin.
Hozirgi kompyuterlashgan internet tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan
zamonning yosh avlodlariga zamonga moslashgan holda yangicha dars tizimini
joriy qilish lozimdir, chunki maktabdan tashqaridagi hayotda hamma internet
tarmog‟i bilan birga yashaydi. O„sib kelayotgan avlodni barkamol va aqlli qilib
tarbiyalashda avvalo maktab tizimini tubdan o„zgartirib har bir fanlar uchun
(SMART) xonalarni tashkil qilsak maqsadga muvofiq bo„lar edi. O„quvchilarni
o„qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda planshetlar bilan
darslar o„tilishini ta‟minlasak va matematika fanidagi barcha mavzularni
(SMART) xonalarda o„quvchilarni planshetlarda mustaqil ishlashlarini taminlasak
bilim olishni samaradorligiga erishishimiz mumkin. Xonalarda ko„proq
o„quvchilar ushlab ko„rib misollarni bajaradigan jihozlar bilan jihozlash kerak.
Bolalar ushlab, amalda bajarsalar har bir misol va mashqlarni tezda
o„zlashtiradilar. Har bir bola SMART telefon yoki kampyuter texnologiyalaridan
foydalangisi, uning ishlash funksiyalari, imkoniyati darajasidagi barcha o‟yin va
pragrammalarni tez o„rganib olishga qiziqadi. Demak biz matematikani bolalarga
tez va sifatli o„rgata oladigan elektron programma ishlab chiqishimiz kerak. Uy
vazifalarini ham o„zlari qiziqib tayyorlashadi.
Uning ichida o„yinli va mulohaza qilishga majbur qiladigan masalalar, tezkor,
sodda misollarning javoblarini og‟zaki aytishadigan bo„lishi kerak. Bu programma
ham darsda foydalana olinadiga ham darsdan tashqarida mustaqil foydalanish
uchun yaratiligan bo„lishi kerak. O„yinli qismida labirintdan chiqish o„inini
o„ynash bilan bir qatorda labitintdan chiqish uchun qancha vaqt sarflanganini,
nechcha qadam yurganini, umumiy qancha klm yurganini to„g„ri ko„rsatishi shart
bo„ladi, to„siqlaridan o„tish uchun misollar beriladi javobini to„g„ri yechsa to„siqlar
olinadi. Noto„g„ri javob berilsa to„siqlar olinmaydi misollarni yana qayta
yechishga to„g„ri keladi, barcha shartlarini to„g„ri bajarishmasa past ko„rsatkich
olishi mumkin bo„ladi. O„yinni o„ynash bilan birga bola aqlini ishlatishga majbur