Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
53
yoqasida uchratardim. Azbaroyi shu uchungina yashayotgandek va ishlayotgandek tuyulardi menga: 
o‘zimda yo‘q baxtiyor edim... Ammo ba’zan yuragim qo‘rquvdan orqasiga tortib ketardi. U yokda yo‘l 
uchastkasidagilar bolalarni mashinada o‘ynatib yurganligimni bilishadimi-yo‘qmi, bilmadimu, ammo 
o‘g‘limning men bilan uchrashishini man etishlari, uni yo‘l yoqasiga chiqarmay qo‘yishlari mumkin 
edi. Men bundan juda qo‘rqardim. Asal bilan Boytemirdan bunday qilmasliklarini, loaqal mana shu 
oniy uchrashuvlardan meni mahrum etmasliklarini dilimdan yalinib-yolvorib so‘rardim. Ammo bir 
kuni xuddi shunday bo‘ldi... 
Birinchi May bayrami yaqinlashib kelmoqda edi, o‘g‘limga sovg‘a qilmoqchi bo‘lib, unga 
o‘ziyurar mashina — xuddi menikiga o‘xshash yuk mashinachasi sotib oddim. O‘sha kuni avtobazada 
o‘ralashib qolib, yo‘lga kechroq chiqqanim uchun juda shoshilardim. Ehtimol, shuning uchun hammi, 
ko‘nglim allanarsani oldindan sezayotgandek g‘ash tortayotgan edi, bekordan-bekor haya-jonlanib, 
xavotirlanardim. Yo‘l uchastkasiga yaqinlashib borar ekanman, Samadning qanchalik xursand 
bo‘lishini ko‘z oldimga keltirib, o‘rog‘liq o‘yinchoq mashinani yonimga solib qo‘ydim. Garchi uning 
bundan ko‘ra yaxshiroq o‘yinchoqlari bo‘lsa ham, bu alohida sovg‘a — shofyor bo‘lishni orzu qilib 
yurgan jajjigina bolaga yo‘lovchi tanish shofyorning sovg‘asi edi. Ammo bu gal Samadni 
uchratolmadim. Bolalar usiz chopib kelishdi... Men kabinadan chiqdim: 
— Samad qani? 
— Uyda, kasal bo‘lib qoldi, — dedi bir bola. 
— Kasal bo‘lib qoldi? Boshi og‘riyaptimi yoki boshqa yerimi? 
— Yo‘q, u kasal emas! — dedi bilag‘onlik bilan qizcha. — Oyisi buyoqqa yubormayapti! 
— Nega? 
— Bilmayman. Borma, deyapti. 
Tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib, kayfiyatim buzildi. Mana shu bilan tamom, vassalom! 
— Ma, olib borib ber, — deb o‘rog‘liq o‘yinchoqni haligi bolaga uzatdim, biroq shu zahotiyoq 
fikrimdan qaytdim. — Yo‘q, qo‘ya qol, — o‘yinchoqni qaytib olib, boshimni quyi solganimcha 
mashina tomon ketdim. 
— Nega amakimiz bizni mashinaga chiqarmadi? — deb so‘radi bola opasidan. 
— Kasal bo‘lib qoldi, — dedi opasi qovog‘ini solib. 
.Ha, qizcha to‘g‘ri topgandi. Bu xabar men uchun har qanday kasalliqdan ham ortiq edi. Butun yo‘l 
davomi-da o‘ylanib bordim... Nahotki Asal mendan shu daraja ko‘ngli qolgan bo‘lsa, nahotki u menga 
nisbatan shu qadar bag‘ritoshlik qilsa? Men qanchalik yomon bo‘lmay, nahotki uning zarracha ichi 
achimasa! Yo‘q, ishongim kelmasdi... Asalning shu darajaga borishi mumkin emas, bu yerda boshqa 
bir gap bor... Xo‘sh, nima bor? Men qayoqdan bilay... Shu chog‘, o‘rtog‘i aytganidek, o‘g‘limning bir 
oz tobi qochib qolgan bo‘lsa kerak, deb o‘zimni o‘zim ishontirishga urindim. Nega unga 
ishonmasligim kerak ekan? Axir haqiqatan ham shunday bo‘lishi mumkin-ku. Men bunga o‘zimni shu 
darajada ishontirib qo‘ygan edimki, keyin bu fikrimdan o‘zim ham cho‘chib ketdim. O‘g‘limning 
isitmalab va alahsirab, ilondek to‘lg‘anib yotgani bir-bir ko‘z oldimdan o‘taverdi... Balki biron yordam 
zarur bo‘lib qolar, dori-darmon keltirish yoki kasalxonaga olib borish kerak bo‘lib qolar. Axir ular 
shaharda emas, dovonda yashashadi! Juda qiynalib ketdim. Orqaga qaytishga shoshildim, qanday 
tadbir-chora qo‘llash mumkin ekanligini tasavvur eta olmasdimu, biroq xayolimdan birgina narsa 
o‘tardi: tezroq yetib borishu, agar, o‘g‘lim sog‘-salomat bo‘lsa, ko‘rib ko‘ngilni joyiga tushirish. Men 
uni uchratishimga ishonardim, buni qalbim aytib turgan edi. Xuddi qasddan qilgandek, bakda yonilg‘i 
tamom bo‘lib qoldi, mashinani dovondagi benzokolonka oldida to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. 
 
* * * 
Hikoyasining shu yeriga kelganda hamrohim Ilyos jimib qoldi. Qizib ketgan yuzlarini kafti bilan 
ishqalab, chuqur xo‘rsinib qo‘ydi-da, qiya ochilib turgan vagon derazasini oxirigacha surib, bilmadim, 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin