Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
o‘tgani eshitildi. 
— Radiatorning suvini to‘kib qo‘ydilaringmi? — deb so‘radi u shivirlab. — Tag‘in muzlab 
qolmasin... 
— To‘kilgan, Kamol to‘kib tashladi! — dedi Boytemir ham shivirlab. — Mashina deyarli lat 
yemagan... Ertalab yordamlashamiz... 
Men esa mashina haqida o‘ylamabman ham: na radiator va na motor ko‘rinardi ko‘zimga. 
Asal ko‘ylakni yuvib bo‘lib, uni pechka tepasiga yoyar ekan, chuqur xo‘rsinib qo‘ydi va chiroqni 
o‘chirib, chiqib ketdi. 
Uyni qorong‘ilik qopladi. Hammamizning ham uxlamay yotganimizni sezib yotardim. Har birimiz 
o‘zimizcha yolg‘iz o‘y-xayollarimiz bilan edik. Boytemir o‘g‘li bilan bir karavotda yotibdi. U 
nimalardir deb Samadni erkalar, uyqusida tipirchilab tepkilansa, ko‘rpani ustiga tortib yopib qo‘yardi; 
Asal goho-goho og‘ir xo‘rsinib qo‘yardi. Uning qorong‘ida xuddi yomg‘irda qolgan toshdek 
yiltirayotgan ko‘zlari menga ko‘rinib turardi... Ular balki yosh bilan to‘ladir. Nima hakda, kim haqida 
o‘ylayotganikin? Endi u bir emas, uch kishi haqida qayg‘urishi kerak edi... Ehtimol, u ham xuddi men 
singari bir-birimizni bog‘lab turuvchi o‘sha o‘tmish kunlarni, lazzatli va iztirobli damlarni xotiridan 
bir-bir o‘tkazayotgandir. Ammo endi uning visoliga yetolmayman, shuningdek, uning o‘y-fikrlarini 
ham bilolmayman. Keyingi yillar ichida Asalning o‘zi ham, ko‘zlari ham o‘zgarib ketgan edi... Endi bu 
ko‘zlar avvalgi, ishonch bilan boqib, mehr, soddadillik bilan porlab turuvchi g‘uborsiz ko‘zlar emas 
edi. Ular vazmin va jiddiylashgan edi. Biroq Asal men uchun hamon o‘sha dasht quchog‘ida yayrab 
o‘sgan sarvqomatligicha qolgan edi. Uning har bir xislat, xususiyat va xatti-harakatlari men uchun 
tanish va qadrdon edi. Bu esa bir alamimni ikki qilib, qalbimni o‘rtab tirnardi. Alamimdan yostiq 
burchagini tishlaganimcha g‘ing demay yotardim. Tonggacha mijja qoqmadim. 
Derazadan ko‘kda suzib yurgan oy bulutlar orasidan yog‘du sochar, dam-badam o‘z jamolini 
ko‘rsatib qo‘yardi. 
Erta tongda Asal bilan Boytemir xo‘jalik ishlari bilan hovliga chiqib ketganlarida men ham 
o‘rnimdan turdim. Jo‘nash kerak edi. Sekin odimlab borib Samadni o‘pdim-da, tezda xonadan chiqib 
ketdim. 
Asal hovlida tosh o‘choqqa o‘rnatilgan katta qozonda suv isitmoqda edi. Boytemir o‘tin yorardi. 
Biz u bilan birga mashina tomon ketdik. Jimgina papiros chekishib borardik. 
Mashina kechasi yo‘l chekkasidagi betonli ustunchalarga urilgan ekan. Ulardan ikkitasi tag-tugi 
bilan qo‘porilib yotardi. Mashinaning chirog‘i singan, qanoti va oldingi qismi pachaqlangan, g‘ildiragi 
bir tomonga xiyol qiyshayib ketgandi. Biz bularning hammasini lom va bolg‘a bilan ozmi-ko‘pmi 
tuzatdik. So‘ng motorni yurgizolmay uzoq vaqt azob cheqdik. Motor dovonda muzlab qolgan edi. 
Karterni mash’al yoqib qizdirdik, keyin ikki kishilashib ruchkani aylantira boshladik. Yelkalarimiz 
to‘qnashib, kaftimiz ruchka dastasini aylantiraverib qizib ketdi, bir-birimizning yuzimizga iliq 
nafasimiz urilardi, ikkalamiz ham bir ishni bajarar edik, ehtimol, o‘y-xayollarimiz ham bir yerdan 
chiqar. 
Motorning o‘t olishi juda qiyin bo‘ldi. Ikkalamiz ham hansiray boshladik. Shu orada Asal ikki 
chelak issiq suv keltirdi va ularni jimgina oldimga qo‘ydi-da, o‘zini chetga olib turdi. Suvni radiatorga 
quydim. So‘ngra yana Boytemir bilan birgalikda ruchkani bir-ikki aylantirib yuborgan edik, nihoyat 
motor ishlab ketdi. Men kabinaga o‘tirdim. Motor notekis, uzilib-uzilib ishlardi. Svechalarni tekshirish 
uchun Boytemir kapot ostiga kirdi. Shu chog‘ paltochasining tugmalari qadalmagan Samad 
hansiraganicha chopqillab kelib qoldi va mashinaning atrofidan g‘izillab chopa boshladi. Chunki u 
mashinaga minib sayr qilish ishtiyoqida edi. Asal uni tutib oldi-da, qo‘lidan mahkam ushlab olgancha, 
kabinaning yoniga o‘tib turdi. U menga ta’na qilgandek, shunaqa ham alam va achinish bilan 
termildiki, o‘z gunohimni yuvish va ularni yana o‘zimga qaytarish uchun shu damda lozim bo‘lsa har 
narsa qilishga tayyor edim. Men kabinaning ochiq eshigidan engashib qaradim: 
— Asal! o‘g‘limizni olib o‘tir! O‘tgan galgidek mashinaga o‘tqazib olib ketaman, bir umrga olib 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin