Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

 
YO‘L MASTYeRINING HIKOYaSI
Mana siz, nega Pomirga borgingiz yo‘q, deb so‘radingiz. O‘zim pomirlik qirg‘izman. Tug‘ilgan 
elim Pomir bo‘lsa ham men buyoqlarda, Tyan-Shanda yuribman. 
Juda yoshlik chog‘larimdanoq Pomir yo‘l qurilishida ishlay boshladim. U yoqqa komsomol 
chaqirig‘i bilan borgan edim. Qurilish xalq qurilishi edi, mexanizmlar yetishmasdi, ish qanchalik og‘ir 
bo‘lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g‘ayrat va shijoat bilan ishlardik. G‘ayrat ko‘rsatmay 
bo‘larmidi: asrlar bo‘yi inson qadami yetmagan Pomirga yo‘l solinyapti-ya! Men zarbdorlar qatoriga 
o‘tib oldim, dam-badam mukofot va in’omlar olib turardim. Buni maqtanib emas, shunchaki kezi 
kelgani uchun aytyapman. 
U yerda, qurilishda men bir qizni uchratib, uni jon-dilimdan sevib qoldim. O‘zi ham juda chiroyli, 
aqlli qiz bo‘lib, qurilishga ovuldan kelgan edi; bu esa o‘sha paytlarda oddiy qirg‘iz qizi uchun katta 
qahramonlik edi. Uyog‘ini surishtirganda, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, hatto hozir ham qizlarning 
ishlab chiqarishga borib ishlashlari unchalik oson emas — bunga urf-odatlarimiz to‘sqinlik qiladi. 
Gulbara bilan tanishganimizga bir yilcha bo‘ldi. Yo‘l qurilishi oxirlab qolgan edi. Yo‘lni ishga solib 
yuborish uchun o‘z kadrlarimiz bo‘lishi zarur edi. Yo‘l qurilishi ishning bir tomoni, uni birgalashib, 
umumiy kuch bilan bajara olish mumkin, shuning bilan birga, unga ko‘z-quloq bo‘lib, nazorat ham 
qilib turish kerak-da. Bizda Husainov degan bir yosh injener bor edi, u hozir ham yo‘l sohasida 
ishlaydi, ministr bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz u bilan do‘stlashib qoldik. Menga yo‘l ishlari kurslariga 
borib o‘qishga maslahat bergan ham shu kishi bo‘ldi. Men o‘qishni bitirib kelgunimcha Gulbara kutib 
turolmas, uni ovulga olib ketib qolishar, deb o‘ylagan edim, yo‘q, u qaytishimni kutdi. Nihoyat birga 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin