“boshlang’ich sinflarda interfaol usullardan foydalanish” Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.07.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#136055
1   2   3   4   5   6
161-167

www.pedagoglar.uz
42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 166 
- o’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan 
mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash 
maqsadida foydalanish mumkin. 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi
darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi 
mavzularini o’rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodini 
qo’llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to’rtta va taalluqli bo’lmagan 
(ortiqcha) bitta so’z (tushuncha, fikr) beriladi.
O’quvchilar ana shu so’zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Masalan, 1-sinf ona
tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda 
quyidagicha qo’llash mumkin. Yozuv ekranda ko’rsatiladi. O’quvchilar ortiqcha 
so’zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo’y, toshbaqa, ot, it. So‘ngra bu so’zlar 
ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya 
beriladi. 
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan 
gaplar asosida ularning qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga 
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishiga o‘rgatiladi. 
«Videotopishmoq» metodi. 
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, 
televideniye, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio 
magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan 
o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. “Videotopishmoq” 
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
- o’quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi
- o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; 
- jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; 
-o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin