5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Bahs to‘pi nima?
Bahs to‘pi:
a) jamoalardagi o‘yinchilar to‘pni mahkam ushlab, torti-
shib qolgan paytlarda yoki birontasi to‘pni ota olmaganda;


43
b) ikkala jamoa o‘yinchilarining qo‘llari to‘pga birdaniga
tegib, to‘p chiziqdan tashqariga chiqib ketganda;
d) hakam qaysi o‘yinchidan to‘p chiqqanini bilolmay
qolganda;
e) to‘p halqa va shit orasida qisilib qolganda beriladi.
Bahs to‘pining o‘yinga kiritilishi ikkala jamoa o‘yinchi-
larining orasiga yaqin doiradan to‘pni tepaga tashlab
berishdan boshlanadi. To‘pni hakam yuqoriga otadi va ikkala
o‘yinchi birdaniga sakrab, to‘pni qo‘llari bilan urib yubo-
rishdan boshlanadi.
Basketbol o‘yini paytida nimalarni qilish mumkin-u,
nimalarni qilish mumkin emas?
Agar o‘yinchi to‘pni ataylab
oyog‘i bilan tepib yuborsa yoki qo‘li bilan ursa, to‘p
boshqa jamoaga olib beriladi. Mabodo, o‘yinchining oyog‘i
to‘pga bexosdan tegib ketsa, unda jarima to‘pi ham be-
rilmaydi, o‘yin ham to‘xtatilmaydi. To‘pni yerga bir qo‘l
(o‘ng yoki chap qo‘l) bilan urib yurishga harakat qilishga
ruxsat beriladi. To‘p bilan qancha qadam qo‘yib harakat
qilinsa ham xato bo‘lmaydi. To‘pni yerga urib yurish, yugurish
to‘xtatildi deb aytilishi, bu o‘yinchining to‘p bilan to‘xta-
tilishidir. Shundan so‘ng u to‘pni savatga tashlashi yoki
sherigiga uzatishi mumkin. O‘yinchi ikkinchi marta to‘pni
yerga urib yurishi mumkin emas, chunki u to‘satdan hujum-
chining qarshiligiga duch kelib to‘xtashi mumkin. Biroq
ikkinchi marta to‘pni yerga urib ketishi ham mumkin, bordi-
yu, ehtiyotsiz raqib o‘yinchining qo‘li tegib to‘p qo‘ldan
chiqarib yuborilsa va u halqa yoki shitga tegib tushsa. Shu
qoida buzilishi „Ikki marta to‘pni olib yurish“ deyiladi.
O‘yinchi to‘p bilan harakat qilib xohlagan tomonga burilishi,
harakatda bo‘la turib, ikki qadam qo‘yib to‘xtashi, to‘pni
uzatib yuborishi, to‘pni savatga otish uchun sakrashi, lekin
oyog‘i yerga tushmay, to‘pni uzatib yuborishi kerak. Sakrab
to‘pni ilib olib, bir oyoqqa tushilsa, shu birinchi tushgan
oyoq tayanch deb hisoblanmaguncha, agar qadam bosib
yurilsa, u „probejka“ deyiladi. Shuningdek, o‘yinchilar
zonalar qoidasini ham bilishlari zarur. Chunki jamoaning
ham o‘z zonasi, raqibning ham o‘z zonasi bo‘ladi. Agar
o‘yinchi-hujumchi oldingi zonaga o‘tib ketsa, u orqa zonaga


44
to‘p uzatishi man qilinadi. Bundan tashqari, o‘rta chiziqdan
orqaga uzatish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Basketbol o‘yini
to‘rt taymdan iborat bo‘lib, har qaysi taym 10 daqiqadan;
o‘rtada 10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus, 10 daqiqa o‘yin,
15 daqiqa tanaffus, 10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus, 10
daqiqa o‘yin. O‘yinning ikkinchi yarmi tugallanishida durang
natija bo‘lib qolsa, qo‘shimcha 5 daqiqa vaqt beriladi.
Uch, besh, o‘n soniyali qoidalar.
Uch soniyali qoida —
bu hujumchining oldingi hujum zonasiga o‘tib, yana qaytib
jarima tashlash maydonchasiga kirib olishidan iborat. U
yerda hujumchi to‘p bilan va to‘psiz 3 soniyadan ortiq
bo‘lishi man etiladi. Agar to‘p ushlagan o‘yinchi jarima
maydoniga tushib qolsa, u uch soniya ichida to‘pni savatga
tashlashi kerak.
Besh soniyali qoida.
Bu qoidaga ko‘ra, o‘z zonasidagi
o‘yinchi to‘pni olgandan so‘ng 5 soniya ichida uni uzatmasa,
dumalatmasa yoki yerga urib yurmasa, hakam to‘pni olib
qo‘yib, „bahsli to‘p“ belgilaydi va uni ikki o‘yinchi o‘rtasida
doiraga tashlab beradi. Jarima to‘pini bajarayotganda ham
uni 5 soniya ichida savatga tashlash kerak bo‘ladi.
O‘n soniyali qoida.
Hujumga o‘tayotgan jamoa o‘z
zonasidan boshqa zonaga 10 soniya ichida o‘tishi zarur.
Jarima to‘pi.
Bu hujum paytlarida qarshi jamoaning
o‘yinchilariga (himoya va ayrim paytlari hujumda) qo‘pollik
qilib turtib, qo‘liga urib yuborib xatoga yo‘l qo‘yilganda,
1, 2, 3 jarima to‘pi beriladi. Bunday jarima to‘pini tashlash-
ni ham ko‘pincha qo‘pollikka uchragan o‘yinchining o‘zi
bajaradi. To‘pni jarima chizig‘ini bosmay, xohlagan usuli
bilan tashlash mumkin. Lekin to‘p halqa, savat yoki shitga
borib tegmaguncha o‘yinni boshlash mumkin emas. Bu
qoidani bajarishga boshqa o‘yinchilar xalaqit bermasliklari
lozim. To‘p trapetsiya chizig‘idan o‘tmaguncha o‘yinchilar
uni bosib o‘tsalar, to‘p qayta tashlattiriladi.
Texnik fol. 
Bu qo‘pol muomala jarimasi hisoblanadi. Bu
ikki jarima to‘pi o‘yinchining zaxiradagi o‘yinchiga, mu-
rabbiy va hakamga nisbatan qo‘polligi, ya’ni masxara qil-
gani, luqmasi, qo‘pol so‘z, o‘yinning maromida ketishiga
xalaqit qilgani uchun beriladi. Jarimani bajargan jamoa-


45
ning xohlagan o‘yinchisi to‘pni o‘yinga maydonning marka-
ziy chizig‘idan kiritadi.
Shaxsiy fol.
Bu tez-tez uchraydigan xato bo‘lib, u
ayniqsa, hujumchi bilan himoyachining to‘p uchun
kurashgan paytda shit tagida sakraganda, to‘pni biri
tushirayotganda, ikkinchisi himoyadagi o‘yinchiga xalal
berib, to‘pni qaytarishda qo‘pollik qilib qo‘liga urib
yuborganda, gavdasi bilan turtib yuborganda va to‘pni tash-
lash paytida ushlab qolganda sodir bo‘ladi.
Jarima to‘pi berishni hakam aniqlaydi va hal qiladi.
Har bir jamoa o‘yin davomida o‘z o‘yinchilarini xohlagancha
almashtirish huquqiga ega (jarima to‘pini tashlashda, bir
daqiqali vaqt olganda, o‘yinchi jarohatlanganda, to‘p
maydondan tashqari chiqib ketganda). Har bir jamoa o‘yin
o‘rtasida 2 daqiqali tanaffus olishi mumkin.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin