5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb



T. S. USMONXO‘JAYEV, S. G. ARZUMANOV
Qayta ishlangan 3- nashri
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT — 2015
5

6- sinf o‘quvchilari uchun
o‘quv qo‘llanma
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
nashrga tavsiya etgan


T a q r i z c h i l a r :
X. K. YO‘LDOSHEV
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi va yoshlar
murabbiysi, pedagogika fanlari doktori, professor
.
T. HAYDAROV
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.
© T. S. Usmonxo‘jayev,
S. G. Arzumanov, 2015
© „O‘qituvchi“ NMIU, 2005
ISBN 978-9943-02-884-5
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
UO‘K: 796(075)
KBÊ 74.200.55
U-73


KIRISH
Aziz o‘quvchilar! Siz Vatanimiz bag‘rida ko‘nglingiz
olam-olam orzu-havaslarga to‘lib, o‘sib, ulg‘ayib kelyapsiz.
Yillar o‘tadi, orzularingiz ushaladi. Sizlar turli kasb egalari
bo‘lib, ona-Vatanga xizmat qilasizlar. Bir narsani hech
qachon unutmang: a’lo o‘qigan, irodali, jismonan chiniqqan
va jasur o‘g‘il-qizlargina o‘z maqsadlariga erisha oladilar.
Buning uchun, avvalo, sport va jismoniy mashqlar bilan
muntazam shug‘ullanish zarur. Binobarin, badantarbiya
mashqlari tayanch-harakat apparati — mushaklaringizni
kuch-quvvatga to‘ldiradi, tanangizni sog‘lom, baquvvat
qiladi.
Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o‘z afso-
naviy qahramonlari, o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari
bo‘ladi. Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud
ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini
mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini
ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan.
„Agarki, xalqimizning qadimiy va jonli tarixi tuganmas
bir doston bo‘lsa, „Alpomish“ ana shu dostonning shoh
bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi...— deb yozadi mamlakatimiz
Prezidenti I. A. Karimov „Yuksak ma’naviyat — yengilmas
kuch“ kitobida. — Bu o‘lmas asarni xalqimiz asrlar davomida
yaratgan, o‘z imon-e’tiqodidek asrab-avaylagan, qancha
avlod-ajdodlarimiz „Alpomish“ dostoni asosida tarbiya top-
gan, o‘zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo‘lgan. De-
mak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot“.
„Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning yengilmas
bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon
ko‘zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo‘lsa,
bu yo‘lda jonini fido qilishga tayyor bo‘lgan azamat
o‘g‘lonlarimiz —bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofa-
sini ko‘ramiz“.
1
3
1

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin